Bo‘z tuproqlar mintaqasi


Download 1.04 Mb.
bet4/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#211795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Мел-да илм изла усл к- лотинча

Dala tajribalarida agrotexnikaga qo‘yiladigan talablar. G’o’za va g’alla ekinlari ustidagi dala tajribalarida agrotexnik tadbirlar yuqori darajada o„tkazilishi zarur.

Har bir dala tajribasida o„rganilayotgan variantlarning o„zaro yuqori darajada qiyoslanishi ta’minlashga intilish kerak. Bu esa ko„pincha dala ishlarining puxta va o’z vaqtida bajarilishiga bog„liq. Bu talab ekish oldi tadbirlari (kuzgi Shu dgor, yerta bahorgi va ekish oldidan tuproqqa ishlov berish sho’r yuvish va zaxira suvi byerish, o’g’itlar solish, tirmalash, kultivatsiya, yer tekislash va b.q.)ga ham, chigit ekish va G’o’zani parvarishlashga ham taalluqlidir.

Tajribada bajarilishi mo„ljallangan ishlar muddatiga qat’iyan amal qilinishi kerak. Agar navbatdagi yumushlardan birortasini bir kunda bajarish mumkin bo’lmasa, uni bir takrorlanish miqyosida, qolgan takrorlanishlarda esa bir-ikki kunda nihoyasiga etkazish zarur.

Shu bilan birga yerlarni ekishga sifatli tayyorlash va undan keyingi G’o’za amal davrida byeriladigan ishlovlarning barchasida bir xillikni ta’minlash kerak. Yerga ishlov yeri shva ekish qurollari (so„qalar, tirmalar, seyalkalar, kultivatorlar, o„g„it sepish va b.q.) bir tipli va tajribaning barcha variantlari uchun bir xil sozlangan bo„lishi zarur.

Shu munosabat bilan barcha agrotadbirlar (sug’orish, o„g„it solish va b.q.) yaruslab joylashtirilgan tajribada har bir yarus bo’yicha alohida bajarilishi shart. Ikkinchi va undan ortiq yaruslarda suv bir xil oqimida, o„g„it traktorning bir o„tishida byerilishi-yo„l qo„yib bo„lmaydigan uslubiy xatodir.

Asosiy e’tibor sug’orish va o„g„itlashda bir xil sharoit yaratishga qaratilishi zarur, Chunki turli sug’orish me’yori tufayli yuzaga kelgan tuproq namligidagi bir ozgina bo’lsa ham farq, ko„pchilik hollarda ekinlarning o„sishi va rivojlanishida sezilarli o„zgarishga va hosildorlik miqdoran farqlanishga olib keladi. O’g’itlar me’yorlariga ahamiyat byerilmaganda G’o’za va kuzgi bug’doyning rivojlanishi va hosildorligida undan ham ko’proq farq kuzatiladi.

Demak, tajribaning yakuniy natijalari ancha ishonchsiz bo„lishi mumkin Shu ning uchun Sug’orma dehqonchilik sharoitida o’tkaziladigan barcha tajribalarda sug’orish uchun ishlatilgan suv hisobga olinishi kyerkak.

Nazorat savollari:



  1. Melioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublarini faniningpredmeti maqsad va vazifalari nima?

  2. Melioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublarida ilmiy tadqiqot qanday amalga oshiriladi?

  3. Melioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublari o ‘z ichiga nechta yo ‘nalishni oladi?

1.3. Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik sohasida tajribalar o‘tkazish bo‘yicha

umumiy qoidalar.

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan har yili 15 sentyabrgacha bo’lgan muddatda - kuz-qish davri uchun (1 oktyabrdan 31 martgacha) - vegetatsiya davri uchun (1 apreldan 30 sentyabrgacha);

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan har yili 20 sentyabrgacha bo’lgan muddatda - kuz-qish davri uchun hamda 20 martgacha - vegetatsiya davri uchun;

irrigatsiya tizimi boshqarmalari tomonidan har yili 25 sentyabrgacha bo’lgan muddatda - kuz-qish davri uchun hamda 25 martgacha - vegetatsiya davri uchun;

suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan har yili 1 oktyabrgacha bo’lgan muddatda - kuz-qish davri uchun hamda 1 aprelgacha - vegetatsiya davri uchun belgilanadi.

Qishloq xo„jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga suv olish limitlari yiliga bir marta - har yili 1 oktyabrgacha belgilanadi. Qishloq xo„jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga yer osti suvlaridan suv olish limitlari bir marta-maxsus ruxsatnoma amal qiladigan muddatga belgilanadi.

Mamlakatimizda suvdan foydalanish munosabatlari O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish haqida»gi qonuni bilan tartibga solingan. Qonunda suv xo„jaligining vazifalari, suvga bo’lgan davlat mulki, yagona davlat suv fondi,suv munosabatlarini tartibga solish sohasida davlat hokimiyati idoralari, boshqaruvi va nazoratining vazifalari, suv holatiga ta’sir qiluvchi korxonalar, inshootlar va boshqa ob’ektlar qurilishi va ularni ishga tushirish, suv ob’ektlari, suv saqlash zonalari va qirg„oq bo„yi mintaqalarida ishlab chiqarish ishlari, suvdan foydalanuvchilar va suvdan foydalanish ob’ektlari, suvdan foydalanish turlari, suv ob’ektlarini foydalanishga topshirish tartibi va shartlari, suvdan foydalanuvchilarning xuquq va majburiyatlari, suv ob’ektlaridan aholining iste’mol qilishi, maishiy va boshqa jarayonlar uchun foydalanish kabi masalalarning xuquqiy asoslari belgilab qo„yilgan.



Mazkur qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga suv munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar yuklatilgan:

  • suv resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish, hamda muhofaza qilishning yagona siyosatini olib borish, bu borada vazirliklar, idoralar va yuridik shaxslar faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • suv fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibini belgilash, suvdan foydalanishga doir normativ va limitlarini tasdiqlash;

  • suvni davlat tomonidan hisobga olinishi va muhofaza qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash, davlat suv kadastri va suv monitoringini boshqarish;

  • katta halokatlar, kulfatlar, ekologik tanglik va suvning zararli ta’sirini bartaraf etish va tugatish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish;

  • suv resurslaridan foydalanganlik, suv obe’ktlarini ifloslantirganlik va kamaytirganlik uchun zararini qoplashga haq va tartibni belgilash;

  • suv resurslariga doir davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

Suv munosabatlarini tartibga solish sohasida mahalliy hokimlik va boshqaruv idoralari zimmasiga quyidagilar yuklatilgan:

  • o’z xududida suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilinishining asosiy yunalishlarini belgilash;

  • suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilishni tartibga solish sohasida qonuniylik va huquq tartibotini ta’minlash;

  • suv ob’ektlari holatini hisoblash va baholash;

  • limitlarga rioya qilgan holda suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat o„rnatish;

  • suv ob’ektlari holatini saqlash va yaxshilash bo’yicha tadbirlar o’tkazish, zararli ta’sirlar oldini olish va tugatish, Shu ningdek, suvning ifloslanishini, halokat, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida zararlangan ob’ektlarni tiklash;

  • qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish.

Nazorat savollari:


  1. Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling