Bo‘z tuproqlar mintaqasi


Download 1.04 Mb.
bet7/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#211795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
Мел-да илм изла усл к- лотинча

Kuzgi bug‘doy etishtirishdagi agrotexnikaga qo‘yiladigan talablar nimalar kiradi?

  • Kuzgi bug ‘doy etishtirishdagi agrotexnikani qanday amalga oshiriladi?

  • Kuzgi bug ‘doy etishtirishdagi agrotexnikasiga nimalar kiradi?

    1. Tajriba dalasida tuproqning suv xossalari.

    1. Tuproqning suv xossalari: tuproqdagi namlik turlari (molekulyar, gravitatsion, kapilyar, dala, to‘la, chegaraviy dala nam sig‘imlari va b.), ularni

    aniqlash usullari.

    Tuproqning xossalari fizik va fizik-mexanik xossalarga bo„linadi, fizik xossalariga solishtirma va hajm og„irligi, kavakligi, fizik-mexanik xossalariga esa ilashimliligi, plastikligi, yopishqoqligi, ko„pchishi kiradi. YUqoridagi ikkala xossalardan tashqari tuproqni suv xossalari, nam sig„imi, suv o„tkazuvchanligi, kapillyarligi, gigroskopikligi, havo va oziq rejimi va boshqa xossalari mavjudir.

    Tuproqning bu xossalarini bilish har bir dehqon uchun zarurdir, Chunki bularni bilmaslik yerga etarlicha g„amxo„rlik qilishni esdan chiqargan bo„lamiz, agarda bajarilayotgan agrotexnologik ishlar tuproq unumdorli-gini oshirishga qaratilmasa, 20-30 yildan so’ng unumdorlik juda ham kamayib ketishi mumkin.

    Tuproqning solishtirma og„irligi deyilganda ma’lum hajmdagi tuproqni qattiq qismi massasini Shu nday hajmdagi suv massasiga bo’lgan nisbati tuShu niladi. Bu solishtirma og„irlik 2,5-2,6 atrofida bo„lishi mumkin. Ma’lum hajmdagi tabiiy holati saqlangan tuproq og„irligining Shu nday hajmdagi suv og„irligiga bo’lgan nisbatiga tuproqning hajm og„irligi deb ataladi. Bu birlik 0,9-1,8 o„zgarib turadi, o’rtacha 1,5-1,6 deb qabul qilingan. Agar tuproqda chirindi va minyerallar ko’p bo’lsa bu son Shu ncha kamayadi, buni aniqlash haydaladigan qavatning ozuqa moddalar va suv bilan ta’minlanganlik darajasini bilib olishimizda amaliy ahamiyatga egadir.

    Tuproqdagi zarralar va agregatlarni bir-birlarini orasidagi bo„shliqlardan iborat bo’lgan yig„indiga g„ovaklilik deb nom berilgan , strukturali tuproqlarda, chirindiga boy va unumdor tuproqlarda g„ovak-lilik ortib boradi, g„ovaklilik 50­55% ga etsa optimal hisoblanadi. G„ovaklilik kapillyar va nokapillyar bo’ladi. Kapillyar g„ovaklik tuproqda mayda loyqa zarralar va mikroagregat oralig„ida, nokapillyar g„ovaklik esa yirik zarralar va makrostruktura oralig„ida bo’ladi. Agar tuproqda ikkala kapillyarlik mavjud bo’lsa, yani borobar nisbatda bo’lsa suv, havo va moddalar harakati yaxshi o„tadi. Tuproq g„ovakligi P=— formulasi bilan

    aniqlanadi, bunda R - tuproqni solishtirma og„irligi, V-tuproqning hajm og„irligi. Masalan, paxta ekilayotgan fyermyer yerlari tipik bo’z tuproq desak, bu yerni 30 sm

    Л

    chuqurlikda haydasak hajm og„irligi 1,18 sm , solishtirma og„irlik 2,77, formulaga 2 77 —118



    qo„ysak P= 7 ^ ^^ • 100. Demak, dalamizning tuprog’ini g„ovakligi 57% tashkil etar ekan.

    Tuproqning mexanik kuchlar ta’siriga bardosh byerishi ilashimlilik deb ataladi. Bu xossa mexanik tarkibiga, strukturaga, namlik darajasiga qarab o„zgarib turadi. Umuman, ilashimlilik loyqa zarrali tuproqlarda kuchliroq bo’ladi, donador va qumoq tarkibli tuproqda optimal bo’ladi. Nam holatda tuproqning o’z shaklini saqlab turishi plastiklik deb ataladi, u loyqa va kolloid zarrali tuproqlarda yaxshi, Shu ning uchun soz va qumoq tuproqlarda yaqqol ko„rinib turadi, qumli va qumloqda bo„lmaydi. Tuproqni yopishqoqligi ish qurollariga yopishib qolishida aniq ko„rinadi, ya’ni u qancha mayda zarrali va syernam bo’lsa Shu nchalik yopishqoq bo’ladi. Tuproqqa suv quyilganda o’z hajmini kattalashtirishi uni ko„pchishi deyiladi. Ko„pchishga mos bo’lgan tuproqlarda nam ko„tarilsa yuzi yorilib ketadi, Shu ni hisobga olib yerda 40-60 % nam bo„lganda ishlash kerak.

    Tuproqda suv quyidagi fizik holatda bo’ladi: bug„simon, gigroskopik, maksimal parda, kapillyar, gravitatsion. Bug„simon suv o„simlik uchun foydasiz, u suyuq gigroskopik holatga o„tgandan so’ng singadi. Gigroskopik suv kuchli bosim natijasida tuproq zarralari yuzasiga singadi. Bu suv tuproqni mexanik va organik tarkibi, namlik va issiqlik darajasiga bog„liq. Yerda qancha chirindi, mayda zarralar ko’p bo’lsa, havo syernam bo’lsa bu suvni miqdori ortadi. Bu suvni ajratib olish uchun tuproqni 105-1100 qizdirish kerak. Agar nam miqdori maksimal gigroskopik suvdan ikki marta ko’p bo’lsa, o’simliklar so„liy boshlaydi. Parda suv gigroskopik suvning ko„payishi natijasida hosil bo’ladi, zarrachalarga mahkam singan bo’ladi. Bu suvni o„simliklarga juda oz miqdorda foydasi tegadi.

    Kapillyar suv yer osti suvlaridan yoki yomg„ir suvlarini yig„indisidan hosil bo’lib, tuproqdagi mayda kapillyarlar orqali yer betiga ko„tariladi, o„simliklarni suvga bo’lgan talabini qondirishda bizga yordam byeradi. Agar sizot suvlari sho’r bo’lsa kapillyarlar orqali ko’tarilib tuproqni sho„rlatadi. Ko„tariluvchi kapillyar suv yer osti suvlari bo’lib, strukturali yerlarda yaxshi saqlanadi.

    YUqoridan tuproqni pastki qatlamiga harakat qiladigan suv filtratsion yoki gravitatsion suv deb ataladi, bu suvlar o„simlik tomonidan juda oson singadi. Sug’orishlardan yoki yog„ingarchiliklardan so’ng juda ham ko„payadi. Agar tuproqni haydov qatlami ostida arzik shoxak kabi qatlamlar yoki “haydov yostig„i” paydo bo’lgan bo’lsa suvni pastki qatlamga yo„nalishiga to„sqinlik qiladi, o„simlik va mikroorganizmlarga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning pastki qatlamlarga suv o„tkazib turishiga suv o’tkazuvchanlik deyiladi va u mexanik tarkibga, chirindi miqdori, zichligi va strukturasiga bog„liq. Yer betidan yoki yerni haydalma qatlamidan suvni bug„lanishi ham foydali, ham zararlidir. Masalan, yomg„irdan so’ng qatqaloq bo’lsa, kapillyarlar buzilmasa suv bug„lanib ketib, tuproq name etarli bo„lmay qoladi, aksincha syer chirindi yerlarda kapillyardan ko„tarilayotgan suvni zarralar to„sib, u ko’proq ushlanib qolishiga, bu esa tuproqdagi namni zahira holda to„planishiga olib keladi. Tuproq havodagi suv bug„larini o’ziga singdirib oladi, yoki gigroskopiklik xususiyati deb ataladi. Quruq tuproq bo„lmaydi, doimo unda nam bo’ladi, syer chirindi, strukturali tuproqda nam ko’proq ushlanib turadi. Masalan, qumli, qumoq tuproqlarda gigroskopik suv 1,06-1,40 foiz bo’lsa, engil va o’rta qumoq, soz tuproqlarda 2,09-3,0-5,40 foiz, og’ir soz tuproqda 6,54 foiz suv borligi aniqlangan. Demak, tuproqni suv rejimi uni mexanik tarkibi, strukturasi, chirindini miqdori va sho’r miqdoriga bog„liq. Maksimal gigroskopik suv ham bo’lib, uning 1,5-2 ko„paytirganiga so„lish namligi deb ataladi.

    Tuproqdagi gigroskopik suv asosan uning mexanik tarkibi, sho„ri va gumus tutishiga bog„liq. Gumus, sho’r qancha ko’p bo’lsa gigroskopik suv Shu ncha ko’p bo’ladi.

    Tuproq g„ovak bo’lganidan uning tarkibida havo doimo almashinib turadi. Haroratni ko„tarilishi tuproqdan havoni atmosfyeraga ko„tarili-shiga, pasayishi esa aksincha, kirishiga sabab bo’ladi. Tuproqni nafas olishi degan ibora ham Shu ndan kelib chiqqan, tuproqqa suv quyilganda chirish jarayonini mahsuli karbonat angidrid gazini ko„tarilishi, shamolni kuchi kabi hodisalar tuproqni havo rejimiga kuchli ta’sir ko„rsatadi. Tuproq havosi o„simlik ildizi va nafas olib yashovchi (ayerob) organizmlar uchun yashash manbaidir.

    Suv bosgan, botqoq va qotib qolgan tuproqlarda havo etarli bo„lmaganidan

    o’simliklar ildizi sust o„sadi va mikroorganizmlar rivojlanmaydi, natijada hosildorlik keskin pasayib ketadi. Shu ning uchun qatlamlarda havo almashinuvini yaxshilash kerak (kultivatsiya, chopiq). Tuproqning issiqlik xossalari ham mavjuddir, bu asosan quyoshdan kelayotgan nur hisobiga to„planadi, Shu ning uchun atmosfyera o„zgarishi, geografik mintaqa va boshqa sabablarga ko’ra xossalar keskin o„zgarib turadi. Tuproqdagi mikroorganizmlar, biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar ham issiqlikni manbaidir, ammo hal qiluvchi bo„la olmaydi. Issiqlikni qora tuproqlar ko’proq singdiradi, soya-salqinda juda oz miqdorda issiqlik to„planadi. Syer chirindi tuproq issiqlikni uzoq saqlaydi, bir gramm yoki bir sm hajmdagi tuproqni bir gradus qizdirish uchun ketgan va kaloriya bilan o„lchanadigan issiqlik miqdori tuproqning issiqlik sig„imi deyiladi. Boy tuproq, syernam yerlarda bu birlik yuqori bo’ladi. Go„ng, torf, kompost biroz issiqlik rejimini yaxshilashga yordam byeradi.

    Tuproqda juda ko’p miqdorda turli-tuman ozuqa elementlar bor, bular tuproqni tipiga, xiliga, unumdorligiga qarab o„zgarishi mumkin. Zahira moddalar deb nomlanadigan kimyoviy birikmalar bo’z tuproqlarda bir necha tonnagacha boradi, bu haqda mazkur risolaning boshqa bo„limida batafsil to„xtalib o„tilgan.

    Tuproq uch xil qismdan iborat, ya’ni qattiq, suyuq, gazsimon bular haqda yuqorida aytib o„tildi, ya’ni havo rejimi gazsimon birikmalar, suyuq qismi suv va suvda yerigan maddalardir. Tuproqning qattiq qismi yuqoridagi ikki qismni o„zaro munosabatda bo’lib turishiga sababchi bo’ladi. Qattiq qismni mexanik tarkib deb nomlanib, turli minyeral va tog’ jinslari, organik moddalar yig„indisidan iborat bo’lib, har xil kattalikdagi zarralardan tashkil topgan. Mexanik tarkib shag„ol, qum, chang, loyqa kolloid kabi gruppalardan iboratdir. Zarralarni kimyoviy tarkibi karbonat angidrid, silikat, alyuminiy, temir oksidlari, kalsiy, magniy, fosfor va organik moddalardan iboratdir. Mexanik tarkibiga ko’ra tuproqlar sochilma qum, yopishqoq qum, qumloq, engil qumoq, o’rta va og’ir qumoq, engil, o’rta va og’ir soz tuproqlar deb nomlanadi. Mexanik tarkibiga ko’ra tuproqning fizik, mexanik, fizik kimyoviy va biokimyoviy xossalari o„zgaradi. Bular hammasi oqibatda tuproq unumdorligiga ta’sir ko„rsatadi.

    Tuproqdagi mayda minyeral zarralar chirindi va kalsiy karbonat birikmalari ta’sirida bir-biriga yopishib, donador holatga kelishini struktura elementlari deb yuritiladi yoki shakli va kattaligi turlicha bo’lgan tuproq strukturasi vujudga keladi. Tuproq strukturasi qanday vujudga keladi degan masala har qanday dehqonni kiziktiradi, avvalo struktura paydo bo„lishida ko’p yillik g„allasimon va dukkakli o„tlarni ahamiyati kattadir, ularni qoldiqlari chirishi natijasida bir-biriga yopishqoq zarralar hosil bo’ladi. So„ngra o„simlik ildizlari tuproqni pastki qatlamlariga kirib borib, zarralarni qo„zg„atadi, zichlaydi, donachalar vujudga keladi, g„ovakchalar ildiz qurigach bo„shaydi, qayta e qilgan ekinlar ildizi oson kiradi. Tuproq chuvalchanglari ham struktura hosil qiladi, Chunki ular CH.Darvin aytganidek, har gektarda 30-40 tonna tuproqni o’z tanalaridan o„tkazadilar.

    Tuproq strukturasi syernam yoki nami qochib ketgach haydalganda, chopilganda, kultivatsiya qilinganda, molalashda, boronalashda va boshqa sabablar orqali buziladi, yerlarga poda (chorva) haydash, jala, do„l kabi tabiiy ofatlar ham strukturani buzilishiga olib keladi. Strukturani tiklash va strukturasiz yerlarni yaxshilash uchun organik o’g’itlar solish, almashlab ekish, sun’iy struktura paydo qiluvchi polimyer preparatlarni qo„llash, tuproq etilganda ishlov byerish, traktorlarni yerga kirishni kamaytirish kabi ishlarga e’tibor byerishimiz zarur.

    Tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini hech qachon ikkinchi darajali qilib qo„ymasligimiz zarurligini har bir odam yaxshi tuShu nmog„i lozim, aks holda tuproq ishdan chiqib qolsa hosil miqdori kamayadi, sifati yomonlashadi. Unumdorlik juda ko’p omillarga bog„liq ekanini yuqorida bayon etilgan fikrlardan ko„rinib turibdi, Shu ning uchun tuproqni tirik mavjudod deb qabul qilib, unga zarur bo„lgan, ozuqa, suv, havo, issiqlik, Shu ningdek, mikrobiologik, biokimyoviy va kimyoviy jarayonlarni to„xtovsiz borishini ta’minlaydigan tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak. Umuman tiriklik xususiyatini omili bo’lgan chirindi miqdorini ko„paytirish, o’z vaqtida nam va havo bilan ta’minlash, minyeral o„g„itlarni me’yorida byerish, almashlab ekish qoidasini buzmaslik kabi vazifalar turibdi, Shu ndagina biz unumdor tuproqlarni vujudga keltirgan bo„lamiz.

    Nazorat savollari:




    1. Download 1.04 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling