Bo‘z tuproqlar mintaqasi


Download 1.04 Mb.
bet46/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#211795
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Мел-да илм изла усл к- лотинча

m

YUqorida qayd etilgan maydonchalarda bajarilgan tadqiqotlar asosida quyidagilarni aniqlash mumkin:



  1. G‘o‘za-g‘alla don va makkajo’xori etishtirishda evapotranspiratsiyaga sarflangan suvning yalpi miqdori;

  2. Zaxob, yog’ingarchilik va tuproqdan suv sarfi;

  3. Sug’orishda va sug’orishsiz sharoitda alohida tuproq yuzasidan va o’simliklar transpiratsiyasiga suv sarfi;

  4. O’simliklar rivojlanish pallalari bo’yicha suvning tuproq yuzasidan va o’simliklar transpiratsiyasiga sarfining o„zaro nisbati;

  5. Diffuziya jarayonida tuzlar harakatining miqdoriy qiymatlari.

Nazorat savollari:

  1. Tuproq ayeratsiya qatlamida tuzlar to ‘planishi qanday anqlanadi?

  2. Tuproq ayeratsiya qatlamida tuzlar to‘planishiga ko‘ra sizot suvlar sarfini aniqlashni tashkil etish etish nima?

  3. Sizot suvlar sarfini qanday aniqlanadi?

  1. Tuproq va suv tarkibidagi tuzlarni tezkor aniqlash usuli. Tuproq sho„rlanishi va sabablari. Odatda sug’oriladigan (irrigatsion) suv ma’lum miqdorda tuzga ega. Suvning ma’lum qismi o„simlik transpiratsiyasi uchun sarf bo’lsa, ma’lum bir qismi tuproqdan bug„lanadi. Buning natijasida tuz tuproqda qoladi. Agar uni o’z vaqtida kamaytirish choralari ko„rilmasa, tuzlar tuproqda to„planadi va bu jarayon sho’rlanish deb ataladi. Bundan tashqari G’o’za va boshqa ekinlar minyerallashgan suv bilan sug„orilsa, sho’r yuvish tadbirlari o„tkazilmasa, o„simlik uchun havfli, tuz to„planishi-sho’rlanish hosil bo’ladi. Sug’orish uchun 1 g/l minyeralizatsiyaga ega bo’lgan kollektor-zovur suvidan foydalanilganda, o„simlikning ildiz qatlamida ko’p miqdorda to’z to„planishi mumkin. Bundan tashqari minyerallashgan sizot suvlari tuproq gruntlarining mayda kapillyarlari orqali yuqoriga - o„simlik ildiz qatlamiga ko„tarilishi natijasida ham sho’rlanish sodir bo’ladi.

Kuchli sho’rlangan (sho„rxok) yerlarni tuproq yuzasidagi oq dog„lardan bilsa bo’ladi. YUza joylashgan sizot suvlari tuz manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ularning sho„rlanishi 3 g/l dan 10 g/l gacha boradi.

O‘zbekiston tuproqlaridagi tuzlarning kimyoviy tarkibi. Tuproqdagi tuzlarning umumiy miqdoridan tashqari ularning kimyoviy tarkibi va rN ni (muhitning ishqoriylik ko„rsatgichi) bilish ham juda muhim. O’zbekiston tuproqlarida asosan neytral tuzlar -SaSO4, Ca(HCO3)2, Na2SO4, MgSO4 va NaCI bo„lgani uchun muhit kuchsiz ishqoriy rN = 7-8,5. Tuproqlardagi zararli tuzlarga NaCI , Na2SO4 va MgSO4 lar kiradi. Bular o„simlik uchun zaharli effekt hosil qiladi. Kalsiy tuzlari SaSO4; Ca(HCO3)2, sulfat va karbonat zaharli emas, lekin ularning tuproqda ko„payib ketishi o„simlik ildizining tuproqdan namlikni tortishini qiyinlashtiradi natijada o„simlik namlikka qonmaydi.

Zaharli tuzlardan eng harakatchani NaCI. Turli ionlar nisbatining yuqoriligiga qarab, to„rt xildagi sho’rlanish turi qayd etiladi: xlorli, sulfat-xlorli, xlor-sulfatli, sulfatli. Ko„pincha bir hududning o„zida 2-3 turdagi sho„rlanishni uchratish mumkin.

Tuproq sho‘rlanishini nazorat qilish. Tuproq sho„rlanishini nazorat qilishning eng yaxshi usuli tuproq yeritmasi konsentratsiyasini aniqlash hisoblanadi.

Oddiy elektrokonduktometr asbobi tuproq sho„rlanishini juda tez (kyerak bo’lsa dalaning o„zida) tuproq: suv-1:1 suspenziyasida elektro’tkazuvchanlikni o„lchash orqali aniqlanadi. Suv: tuproq = 1:1 aralashmasidan olingan qiymatni 3,5 koefitsentga ko„paytirish kerak. Sho’rlanish darajasini xalqaro klassifikatsiya bo’yicha baholash zarur. (3.2-jadval).

3.2-jadval



SHtirli konduktometrda tuproq sho’rlanish darajasini baholash

SHtir kursatkichi, ESe, dS/m

Tuproqning sho’rlanish darajasi

0.5

Sho’rlanmagan

1.0

Kuchsiz sho’rlangan

1.9

O’rta sho’rlangan

3.8

Kuchli sho’rlangan








  1. rasm. ISMITIda ishlab chiqarilgan shtirli konduktrometrning umumiy

ko„rinishi

Odatda paxta maydonining sho’rlangan yerlarida sho’rlanish , bahordan kuzga qarab tuproqning ustki qatlamida oshib boradi. Sho’rlanish miqdorining oshishi sug’orishlar soniga, sug’orish uchun ishlatilayotgan suvning minyerallanish darajasiga va sizot suvlarining joylashish chuqurligi hamda minyerallanish darajasiga bog„liq.

Tuproq sho„rlanishi darajasini baholash, odatda kuzda paxta hosili yig„ib olingandan keyin amalga oshiriladi. Buning uchun G’o’za o„simligining holatiga ko’ra taxminiy sho’rlanish xaritasini chizib, konturlarni ajratib olish zarur. Shu ndan so„ng, tekshirish nuqtalarini tanlab, ularni xaritaga tushirish va dalada qoziqlar bilan belgilab chiqish kerak.

Tekshiruvni har qanday malakali mutaxassis: tuproqShu nos, agronom, yer tuzuvchi muhandis va Suv iste’molchilari uyushmasi xodimi olib borishi mumkin. Fyermyer xo’jaligi bunday to’liq tekshiruvni Gidrogeologo-meliorativ ekspeditsiya bilan shartnoma asosida amalga oshirsa yaxshi bo’ladi. Namunalar bur yoki belkurak yordamida 0-30 sm va 30-60 sm qatlamlardan olinadi va sho’rlanish tuproq: suv = 1:1 nisbatdagi aralashmasining elektro’tkazuvchanligi oddiy portativ asbob bilan o„lchanadi (3.12-rasm). Bu ishni dalada yoki kechqurun idorada

amalga oshirish mumkin. Alohida qatlamlar bo’yicha o„lchash natijalarining o’rtacha qiymatini aniqlanadi, nuqtalar bo’yicha xaritaga tushiriladi.

Sho’rlanish darajasi 3.3-jadval bo’yicha baholanadi. So„ngra tushirilgan nuqtalar bo„ylab turli sho’rlanish darajasiga ega konturlar ajratiladi va tekshirish natijalari bo’yicha sho’rlanish xaritasi tuziladi.









  1. rasm. ISMITIda ishlab chiqilgan elektro‘tkazuvchanlikni o„lchovchi portativ

“IKS EKSPRESS” asbobi


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling