Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan


Imitatsion model tushunchasi va mohiyati


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1800499
1   2   3   4
Bog'liq
Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan fayllar org

3. Imitatsion model tushunchasi va mohiyati.
Imitatsion model analitik modeldan farqli o‘laroq, o‘rganilayotgan ob‘ektning hatti-harakati va 
ichki strukturasigacha ko‘rsatuvchi yoyilgan sxemani bildiradi. Modelda ifodalanuvchi 
hodisalarni, ularning mantiqiy strukturasini saqlagan holda, vaqt bo‘yicha ketma-ketligini, 
o‘rganilayotgan tizimning o‘zgaruvchilari va parametrlari o‘rtasidagi aloqalarni saqlagan holda 
qayta ishlash imitatsion model uchun xarakterlidir. Imitatsion modellar modellashtirilayotgan 
tizim haqida axborot olish va keyin, qarorlarni shakllantirish uchun yaroqli bahoni ishlab chiqish 
uchun mo‘ljallangan. Misol o‘rnida ko‘p tarmoqli iqtisodiyotda ishlab chiqarish va iste‘molni 
muvofiqlashtirishning imitatsion modelini ko‘rib chiqamiz (5-tasvir).
Sistema 2ta formallashgan blokka ega: moddiy ishlab chiqarish imitatsiyasi va iste‘mol muhiti 
imitatsiyasi. Sistemada bir qancha boshqarish parametrlaridan foydalanuvchi eksperimentator 
ko‘zda tutilgan: tarmoqlar o‘rtasida kapital qo‘yilmalarining taqsimlanishi, jamg‗arish sur‘atlari, 
ish haqi – mahsulot birligining ish haqi sig‗imi, ulgurji va chakana narxlar.
Eksperimentator EХM bilan faol muloqotni amalga oshiradi. Mahsulot turiga hisoblangan 
talabning to‘g‗rilanuvchi ko‘rsatkichlari va uning tarmoqda yakuniy ishlab chiqarilishi haqida 
axborotdan foydalaniladi. Agar ko‘rsatkich birlikdan yuqori bo‘lsa, talab taklifdan yuqori, agar 
birlikdan kam bo‘lsa, aksincha bo‘ladi. Тo‘grilanuvchi ko‘rsatkichlar va yalpi mahsulotning 
tarmoqlar bo‘yicha o‘sish sur‘ati eksperimentator tomondan yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan daraja 
pozitsiyasidan tahlil qilinadi. Agar ular o‘zgarishi kerak bo‘lsa, eksperimentator u yoki bu 
boshqaruv parametrini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, kapital qo‘yilmalarning taqsimlanishi 
yoki aholining yalpi daromadi yohud narxlar masshtabi o‘zgartiriladi. Bloklar yangi 
to‘grilanuvchi ko‘rsatkichlarni aniqlaydilar. Eksperimentator ishlab chiqarish va iste‘molning 
qoniqarli mutanosiblikka kelgani haqida hulosa chiqarishi bilanoq sistemani kelgusi yilning 
hisob-kitoblariga o‘tqazadi.
Shunday qilib, inson-mashina imitatsion sistemasi aholi pul daromadlari va taklif qilinayotgan 
tovar va xizmatlar orasidagi eng yaxshi nisbatni ta‘minlovchi prognoz variantlarini topishga 
imkon beradi. Boshqaruv parmetrlarini ajratish, oraliq qarorlarni baholash va yakuniy qarorlarni 
tanlash eksperimentatorga yuklanadi, mumkin bo‘lgan ko‘pchilik yechim variantlari EХMda 
yechiladi.
5-tasvir. Imitatsion modelning strukturaviy sxemasi
Imitatsion biznes o‘yin imitatsion sistemani yanada rivojlantirishni ko‘zda tutadi va o‘z ichiga 
asosiy elementlar bilan birga (imitatsion model va imitatsiya natijalarini tahlil qilish va qayta 
ishlash vositlari) maxsus instruktiv va modellashtirilayotgan tizimning kelgusida faoliyatida eng 
katta natijalarga erishishidan manfaatdor hamda qaror qabul qiluvchi ekspert 
eksperimentatorning ta‘sirini chegaralovchi boshqa vositalarni o‘z ichiga oladi.
O‘yinchilarga hal qiluvchi daqiqalarda axborot olish imkoniyati berilishi kerak. Imitatsion o‘yin 
modelini yaratishda, avvalo, o‘yinchilarning motivatsiya tizimi va o‘yin ssenriysini ishlab 
chiqish lozim. Bunday modellarning bir qismi kompyuterdan foydalanishga, boshqa qismi - 
mashinasiz imitatsiyaga moslashgan. Imitatsion o‘yin modellari istalgan darajadagi ob‘ektlar 
uchun qurilishi mumkin: sex bo‘limidan tortib, umuman, xalq xo‘jaligigacha. Yaxshi modelni 
yaratish katta vaqt talab qiladi (bir necha yilgacha) va arzon tushmaydi, uning yordamida 
prognozlash, ya‘ni o‘yin o‘tkazish, shuningdek, jiddiy o‘rinishlarni talab qiladi, chunki o‘yin 


qatnashchilari soni bir necha yuzga yetishi mumkin. Biroq, bu harajatlar o‘zini oqlagan, zero 
bunday modellar boshqa modellar ishlamaydigan joyda prognoz olish imkonini beradi. 
Imitatsion modellar bir qator ustunliklarga ega:
 
adekvat modellarni real ob‘ektlar qo‘llash va turli yo‘l qo‘yishlarda model bilan 
chegaralnmagan tajribalar o‘tkazish imkoniyati;
 
modelga noaniqlik omillarini, o‘zgaruvchilarning tasodifiy xarakterini nisbatan osonroq 
kiritish;
 
jarayonlar, vaqt parametrlari, muddatlar, kechikishlar dinamikasining nisbatan osonroq 
ifodalanishi.
Iqtisodiy modellar prognozlanayotgan tizimning tavsifini ham, formallashmagan aloqalarini ham 
hisobga olgani uchun ular uning rivojlanishini adekvat ifodalashga qodir. Lekin aynan shunday 
formallashmagan tavsiflarni ta‘riflash iqtisodiy modellarni tuzishning asosiy qiyinchiligi 
hisoblanadi.
Dinamik iqtisodiy modellar boshlangich shartlarga bogliq bo‘lmagan tizimning asosiy 
rivojlanish qirralari haqida xulosa qilish imkonini beradi. Bu hulosalar, albatta, prognozlashning 
boshqa usullari yordamida keyin detallashtiriladi.
Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy modellarni EХM uchun ishlab chiqish va dasturlash, odatda, ko‘p 
mehnat va vaqt sarflari bilan bogliq. Chunki ularning har biri o‘zicha ajoyibdir. Iqtisodiy 
modellar asosida prognozlash o‘z ichiga bir qancha asosiy bosqichlarni oladi:

tadqiqot vazifasini belgilash, prognozlanayotgan tizimni o‘rganish,
emperik axborotlarni to‘plash, modellashning asosiy muammolarini ajratish; iqtisodiy modellarni 
shakllantirish, model va uning ostki modellarini ifodalashning strukturasi va prinsiplarini 
tanlash, shuningdek, yo‘l qo‘yiladigan soddalashtirishni tanlash, o‘lchanadigan parametrlar va 
model sifati mezonlarini tanlash;

kiritilgan ma‘lumotlar bilan iqtisodiy modelning adekvatligini va 
modellashtiruvchi algoritmning nazorat tajribalari natijalari muvofiqligi va 
chegaraviyligi darajasiga ko‘ra, aniqlik va yaroqliligini baholash;

ko‘p variantli tajribalarni rejalashtirish, tadqiqot uchun prognozlanayotgan 
tizimning funksional tavsifini tanlash, tajriba natijalarini qayta ishlash usullarini 
belgilash;

model bilan ishlash, hisob - kitoblar va imitatsion tajribalar o‘tkazish; natijalar 
tahlili, modellash ma‘lumotlari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish, yakuniy 
prognoz ishlab chiqish.
Aytish kerakki, imitatsion sistemadan foydalanish rejimini imitatsion biznes o‘yin shakliga 
o‘tkazish mumkin. Buning uchun, birinchidan, imitatsion tajribada ekspert-eksperimentatorlar 
guruhi ishtirok etishi, ikkinchidan esa ishtirokchilarning faoliyati alohida o‘yin qoidalari 
ko‘rinishida aks etgan va chegaralangan bo‘lishi zarur. Imitatsion tajribada har bir 


ishtirokchining asosiy vazifasi mavjud variantlardan uning fikricha yaxshi natijalarga erishishini 
ta‘minlovchi qandaydir strategiyani shakllantirishi lozim.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling