Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
$$$$Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va 1
Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport , aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar , tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar ( birjalar , auksionlar , savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya - kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar ( bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi. Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. Bozor infratuzilmasining maqsadi - bu cheklangan to‘lovga qobil talab sharoitida, bozor ishtirokehilari manfaatlari muvozanatini ta’minlash borasidagi kelishuv asosida foydasini maksimallashtirishdan iborat. Bozor infratuzilmasining vazifalari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi: - bozor munosabatlari ishtirokehilari manfaatlarining amalga oshirilishini yengillashtirish; - infratuzilma subyektlarining o‘z foydasini yuqori darajaga yyetkazish maqsadida bozor ishtirokehilari xarajatlarini minimallashtirish; - - iqtisodiyotning alohida subyektlari va faoliyat turlarining ixtisoslashuvi asosida bozor munosabatlari subyektlari ishining tezkorligi va samaradorligini oshirish; - bozorda tarkib topgan konyunkturadan kelib chiqqan holda mahsulot tayyorlashga bo‘lgan buyurtmalarni ko‘paytirgan yoki kamaytirgan holda ishlab chiqarish uchun bozor talabi indiqatori vazifasini bajarish; - bozor munosabatlarini tashkiliy jihatdan rasmiylashtirish; - birja mexanizmidan foydalangan holda iste’mol mollari, ko‘chmas mulk, ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy-zaruriy narxini belgilash; - biznesni davlat va jamoat tomonidan tartibga solish, huquqiy va iqtisodiy jihatdan nazorat qilish shakllarini yengillashtirish; - tovar va xizmatlarning bozor marketingi asosida barcha iste’molchilar nomidan maydonga tushuvchi buyurtmachi funksiyasini bajarib, ishlab chiqarishni tartibga solish va boshqarish imkonini yaratish. Bozorning samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir. Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalarni quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin: 1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo‘jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.); 2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, kredit muassasalari , sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.); 3) ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.); 4) axborot xizmati idoralari (ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar). Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlarni topishiga , ishchi kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar: birjalar ( tovar , xom ashyo, fond , valyuta ) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi; kimoshdi savdolari , yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari; kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari; aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari ( mehnat birjalari ); axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari; soliq tizimi va soliq inspeksiyalari; tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari; maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari; savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari; bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari ; konsalting (maslahat) kompaniyalari; ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari; maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar. Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo -sotiq, moliya - kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga koʻmaklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat koʻrsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat boʻlib, koʻrsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz. Birja – namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond birjasi, valyuta birjasi , mehnat birjasi singari turlari keng tarqalgan. Tovar birjasi – oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli. Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli. Valyuta birjasi – milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli. Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa. Birjaning yana bir xususiyati shundaki , bu erda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo‘lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi. Auksion – alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotuvga qo‘yish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o‘tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar , kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi. Savdo uyi – o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug‘ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish , jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki sifatida sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. CHakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat bo‘ladi. Supermarket – bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan , jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, o‘zaro bog‘langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir. Bozor infratuzilmasining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, bunday xususiyatlardan biri bo’lib bozor infratuzilmasining samarali amal qilishini ta’minlashda davlatning alohida rolining zarurligi hisoblanadi. Chunki, bunday zaruriyat quyidagi holatlar bilan izohlanadi: - infratuzilma sohasidagi talab va taklifni tartibga solib turuvchi bozor mexanizmining samarali amal qilmasligi; - - infratuzilma obyektlari xizmatiga bo‘lgan narxlar bo‘yicha talabning elastik emasligi; - infratuzilma xizmatlari bozorining notekis tarkibiy tuzilishi natijasida bozordagi muvozanatga erishishda davlat tomonidan aralashuvning zarurligi; - - infratuzilma sohasi faoliyatining rivojlanishi asosiy tarmoqning rivojlanish darajasiga bog’lig’ligi va boshqalar. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling