Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari Kirish. Reja
Download 26.53 Kb.
|
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari Kirish. Reja: Bozor xujaligi va uning ishtirokchilari Bozor xujaligida firmalar faoliyati va ularning tasnifi. Bozor xujaligida davlat va uy xujaligi . Bozor infratuzilmasining moxiyati va bozor xujaligidagi roli. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Bozor deganda kishilar ko`z oldida ko`pchilik yig`ilib savdo-sotiq yuz beradigap joy gavdalanadi. "Bozorga boraman" deganda xam o`sha joyga borish tushuniladi, lekin ko`pchilik magazin, birja yoki auksionni bozor tarzida xayoliga ham keltirmaydi. Bu tabiiy. Chunki, odamlarda shunday ko`nikma hosil bo`lgan. Aslida "Bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va bozor tushunchalari o`zaro bog`liq bo`lsa-da, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a`zosidir. Bozor faqat savdo sotuvdan iborat faoliyatni bildiradi. Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o`zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi. Bozor ularni bir-biriga bog`lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi qilish, ya`ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Pulsiz bozor bo`lishi mumkin emas. Bozor bo`lishi uchun oldi-sotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli bo`lishi talab qilinadn. Sotuvchi o`z tovarini yaxshi qo`llasa, xaridor esa kerakli tovarni ma`qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo`lishga intiladi. Xo`sh, kim sotuvchi-yu, kim xaridor? Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim bo`lishidan qati nazar (iste`molchi, fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi bo`lsa. boshqa bozorda xaridor vazifasini o`taydi. Xaridorda tovarni malum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma`lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilardir. Xaridorlar va sotuvchilar har doim bir-birlarining hojatini chiqarib, hamkorlik qiladilar, kerakli tovariing narxini kelishib, o`zaro iqtisodiy murosaga keladilar. Bu bozordagi murosa deyiladi. Download 26.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling