Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan 
foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash orqali 
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy 
muammolarini tadqiq qilishdan iborat. 
Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada aniq ko‘rinadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya‘ni ham amaliy va 
ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin. 
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini
iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish 
vazifasini bajaradi.
Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, 
ularning har birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko‘rsatishni ta‘minlash, har bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan 
erishilgan samara, ya‘ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan 
unumliroq foydalanish yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan 
nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o‘z 
ichiga qamrab oladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir-
biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega 
bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan 
ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. 
Iqtisodiyot nazariyasi aniq iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos hisoblanib,
ularga uslubiy vazifani ham bajaradi. Aniq iqtisodiy bilim nazariyalarga asoslanib 
o‘zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishni mustaqil 
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakl-
lantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish»
3
vazifasini ham bajaradi. 
3
Каримов И.А. «Ўзбекистон буюк келажак сари». Т.: «Ўзбекистон», 1999. 187-бет. 


29 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling