32
ishsizlikning tabiiy darajasi 5,0 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi
narxlarning o‘sish sur‘atidan yuqori bo‘lishi zarur va hokazo.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar
va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning
miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Iqtisodiy tahlilda «Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda»
degan farazdan
ham foydalaniladi. Chunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko‘plab
omillar ta‘sir ko‘rsatadi.
Bu barcha omillarning birgalikdagi ta‘sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini
ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. Shu sababli ularning
alohida olingan omil ta‘sirida
mohiyati ochilib, boshqa omillar ta‘siri e‘tibordan
chetda qoladi yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida
o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta‘siri ham alohida-
alohida qarab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: