Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy 
modellar – bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda 
jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Bunda iqtisodiy modellarning ikkita 
turi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar. 
Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning 
natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. 
Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, 
daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.
Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning 
natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me‘yorlarni 
xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k. 
Modellar qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Birinchisi nisbatan qisqa 
davrni, ikkinchisi odatda uzoqroq vaqt davrini qamrab oladi. Iqtisodiyotning 
barcha qirralarini aks ettira oladigan yagona model mavjud bo‘lmaydi. Shu 


33 
sababli iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan foydalaniladi, ulardan har 
biri muayyan vazifalarni hal qiladi. 
Ayni vaqtda, har qanday model iqtisodiyotdagi real hayotiy voqeylik 
(bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real 
hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy yetuklikning yuqori andazasidir. Bu qayd 
qilinganlar iqtisodiy modellarning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. 
Jumladan yalpi talab va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni 
ifodalab, real jarayonlar uning idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq 
omillar ta‘sirini miqdoriy baholash imkonini beradi. 
Tayanch tushunchalar 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan 
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy 
ne‘matlarni takror ishlab chiqarish, jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy muno-
sabatlarni yoki kishilarning iqtisodiy hatti – harakatini o‘rganadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling