Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va omillari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va omillari
Ishlab chiqarish – bu iste’mol uchun zarur bo’lgan iqtisodiy ne’matlarni yaratilish jarayonidir. Ma‘lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi narsalarni o‘zining iste‘moli moslashtirish uchun qilingan faoliyatdan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiatga, ta‘sir ko‘rsatish orqali bir-birlari bilan o‘zaro ma‘lum munosabatda bo‘ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida ro‘y beradigan bu munosabatlar cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan holda kishilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishga qaratiladi. Mehnat jarayonida insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya‘ni ular o‘zining qobiliyatini, bilimini oshiradi va uni amalda qo‘llash imkoniyatini kengaytirib boradi. Mehnat jarayon uning rivojlanishi uzoq tarixga ega bo‘lib, oddiy tosh va yog‘och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan hozirgi zamon murakkab zamonaviy texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Iqtisodiy ne‘mat va vositalarning tabiatda mavjud resurslardan yaratilgan qismi moddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ularning bunday resursdan foydalanilmasdan yaratilgan qismi nomoddiy ne‘matlar yoki xizmatlar hisoblanadi. Shu ma‘noda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishsada sohalari farqlana ular iqtisodiyotning real sektori ham deyiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir- biriga ta‘sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda ular umumiy jihatlarga ham ega. Ishlab 36 chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, naflilikni vujudga keltirish, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni har doim ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida amalga oshiriladi, ayni vaqtda har bir ishlab chiqaruvchi boshqalari bilan ko‘plab xo‘jalik rishtalari orqali o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishdan maqsad iste‘mol, lekin bozor xo‘jaligida pirovard maqsad bilan tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi mos kelmasligi mumkin. Pirovard maqsad ehtiyojni qondirish bo‘lsa, tovar ishlab chiqaruvchining maqsadi xarajatlarni qoplab, foyda olishdir. Har qanday ishlab chiqarishning amalga oshishi, uchun uning omillari mavjud bo‘lmog‘i lozim. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishchi kuchi, kapital, er va tadbirkorlik layoqati uning omillariga aylanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xos bo‘lib, ishlab chiqarishning asosiy hal qiluvchi omilidir. Kapital omil sifatida inson tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish vositalar yani mehnat vositalari va predmetlarini o‘z ichiga oladi. Mehnat vositalari insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta‘sir qiladigan vositalardir (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta‘sir qiladigan, ya‘ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (er-suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuloti, ya‘ni xomashyo bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida o‘ziga xos omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor qobiliyati iqtisodiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta‘minlaydigan tashkilotchi, yangilikka intiluvchi tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavf-xatardan qo‘rqmaydigan kishilarni anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida yuqorida qayd qilingan omillar bir-birini to‘ldiradi, o‘zaro ta‘sirda bo‘ladi. Ishlab chiqarishning omillari miqdor jihatdan ortib sifat jihatdan takomillashib boradi. Ishlab chiqarish rivojlanib, borgan sari murakkab mashinalar, asbob-uskunalar, yangi texnologiyalar vujudga keladi. 37 Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta‘sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Kishilar buyumlarning ilgari ma‘lum bo‘lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg‘or texnologiyani qo‘llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillari va texnologiyaning o‘zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shaklining o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling