Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Tayanch tushunchalar 
Mehnat qurollari – insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta‘sir qilishga 
xizmat qiladigan vositalar: mashinalar, stanoklar, qurilmalar, uskunalar va 
boshqalar. 
Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta‘sir qiladigan, ya‘ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalar (yer – suv, xomashyo, materiallar va boshqalar). 
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilarning maqsadni ko‘zlab amalga 
oshiriladigan faoliyati bo‘lib, iste‘moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy 
ne‘matlarni yaratishga qaratilgan jarayon.
Ijtimoiy ishlab chiqarish – o‘zaro bog‘liqlikda va doimiy aloqada bo‘lgan 
barcha individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdir. 
Ishlab chiqarishning samaradorligi – ishlab chiqarishning pirovard natijasi 
bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o‘rtasidagi nisbat. 
Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari 
o‘rtasidagi bog‘liqlik. 
Qo’shilgan kapital – ishlab chiqarishda mavjud band bo‘lgan kapital 
miqdori ustiga yangi qo‘shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib 
aytganda kapital miqdorining o‘sgan qismi. 
O’rtacha mahsulot – jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir-birligiga 
to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori. 
Qo’shilgan mahsulot – so‘nggi qo‘shilgan omil: kapital yoki ishchi kuchi 
hisobiga o‘sgan mahsulot. 


46 
Muhokama uchun savollar 
1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat? 
2. Omil sifatidagi kapital tushunchasiga ta‘rif bering va uning tarkibiga 
nimalar kirishini tushuntirib bering. 
3. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini tushuntiring. 
4. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering. 
5. Milliy mahsulotning tarkibi nimalardan iborat? 
6. Keyingi qo‘shilgan mehnat, qo‘shilgan kapital va qo‘shilgan mahsulot 
tushunchalarini izohlab bering. 
7. Qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonunini 
tushuntiring. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling