Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy ustunlik nazariyasi.
omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o‘rinni egallaydi:
- xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi; - xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; - umum jahon fan-texnika revolyutsiyasi; - milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi. 89 Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.18-бет. 470 Qiyosiy ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon xo‘jaligiga o‘tish va xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi hamda alohida olingan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi asosida shu nazariya yotadi? A.Smit xalqaro mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayligi to‘g‘risidagi o‘z qarashlarini bayon qilish asosida «mutloq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. D.Rikardo o‘zaro foydali savdo va xalqaro ixtisoslashuvning ancha umumiy printsiplarini shakllantirib, «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqqan. U nafaqat milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi, balki milliy xo‘jalik ichidagi mintaqalar, korxonalar o‘rtasidagi har qanday mehnat taqsimotining ustunliklarini asoslab beradi. Rikardoning xalqaro ixtisoslashuv ustunliklari haqidagi xulosalari mamlakatlar o‘rtasida xalqaro savdo munosabatlari o‘rnatilganda ayriboshlash qanday nisbatlar asosida ro‘y berishini bilishga boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Dj. Mill ishlab chiqarish xarajatlarining turli nisbatlari o‘rtasida o‘rnatiladigan almashuv mutanosibligi tovarning har biriga jahon taklifi va talabi hajmiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. XX asrda xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini ko‘plab iqtisodchilar (jumladan, S. Xeksher, B. Olin, Dj. Keynos, V. Leontev va boshqalar) tadqiq qilish yanada chuqurroq asosida ko‘p omilli andoza tuzishga olib keldiki, unda tovarlar harakati bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati imkoniyatlari hisobga olindi. Ular tomonidan Tarmoqlararo, tarmoqlar ichida va mintaqa o‘rtasidagi ixtisoslashuvning qonuniyatlari, mamlakatning material, kapital, mehnat va fan sig‘imli tovarlarga ixtisoslashuv sabablari ochib berildi. Ixtisoslashuvga fan va texnika taraqqiyoti hamda texnologik o‘zgarishlar sur‘ati va xarakteri ta‘sirining xususiyatlari aniqlanadi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling