Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


  XXX BOB. XALQARO SAVDO, TO’LOV BALANSI


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 


479 
XXX BOB. XALQARO SAVDO, TO’LOV BALANSI
VA VALYUTA MUNOSABATLARI
1. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari. 
2. To’lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi. 
3. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tizimlari. 
4. Valyuta kursi va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar. 
 
1. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari 
Milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog‘langan murakkab 
iqtisodiy munosabatlar tizimining tarkibiy qismi xalqaro savdodir.
Hozirgi jahon rivojining xarakterli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, 
avvalo jahon savdosining tez o‘sishi hisoblanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan jahon 
savdosi tashqi savdo aylanmasi, eksport va import kabi ko‘rsatkichlar bilan 
xarakterlanadi. 
Eksport-tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur 
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. 
Ko‘plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega 
bo‘lib, o‘zlarining ichki iste‘moli uchun zarur bo‘lgan barcha tovarlarni yetarli 
samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo‘lmaydi. Bunday mamlakatlar 
uchun eksport kerakli tovarlarni olishning asosiy yo‘li hisoblanadi. 
Jahon savdosida tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika taraqqiyoti va 
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta‘siri ostida o‘zgaradi. Hozirgi 
davrda jahon savdosining eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari 
etakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi 
to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat, xom-ashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil 
qiladi. 
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik 
iste‘molchilarga xizmat ko‘rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog‘liq bo‘lib, u 
milliy chegarada amalga oshiriladi. Masalan, chet el kompaniyasi vakillariga 


480 
pochta, telegraf xizmati ko‘rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati 
ko‘rsatish va h.k. 
O‘zbekistonning tashqi savdosida xorijiy davlatlarning salmog‘i quyidagi 
ma‘lumotlar bilan tavsiflanadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling