Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Xorijiy va MDH davlatlarining Respublika tashqi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
Xorijiy va MDH davlatlarining Respublika tashqi
savdosidagi salmog’i, % hisobida 92 30.1-jadval Tashqi savdo aylanmasi Shu jumladan: Eksport Import 2005 2008 2012 2015 2016 2005 2008 2012 2015 2016 2005 2008 2012 2015 2016 MDH davlat- lari 35.8 48,9 47,2 38,9 34,6 31.8 34,7 54,3 43,1 35,9 41.1 42,7 38,8 34,8 33,4 Xorijiy davlatlar 64.2 51,1 52,8 61,1 65,4 69.2 65,3 45,7 56,9 64,1 59.9 57,3 61,2 65,2 64,6 Respublika tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy tamoyillar bilan birga 2010- 2016 yillarda ―xomashyo import qilish 1,3 barobarga ko‘paygan‖ 93 . Shu sababli 2017-2021 yillarda mamlakatimiz oldiga ―...neft-gaz mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, importni keskin kamaytirish va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmini oshirish‖ 94 vazifasi qo‘yiladi. Bunda ―...eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksportning tuzilmasi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarining eksport salohiyatini kengaytirish yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion- kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish‖ 95 tashqi savdo siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo‘yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, eksport qiluvchi mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini 92 www.statistic.uz 93 Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.11-бет. 94 Ўша жойда. 12-бет. 95 Мирзиѐев Ш.М.. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz 481 qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyin- gi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida barqaror daromad olish omili hisoblanadi. Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tovar aylanmasi beradi. Qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarni o‘z iste‘moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro‘y beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bog‘liq. Reimport iste‘molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi. Eksport hajmi bilan import hajmi o‘rtasidagi farq sof eksport deb ataladi. O‘zbekiston 2016 yil yakuniga ko‘ra 48 mln. AQSh dollari miqdorida salbiy saldoga erishdi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling