Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Erkin savdo yo’lida juda ko‘p to‘siqlar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari 
quyidagilar: 

boj to’lovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad 
olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin; 

import kvotalari yordamida ma‘lum bir vaqt oralig‘ida import qilinishi 
mumkin bo‘lgan tovarlarning eng yuqori hajmi o‘rnatiladi; 

ta’rifsiz to’siqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga 
standartlar qo‘yish yoki oddiy ma‘muriy taqiqlashlar tushuniladi; 

eksportni ixtiyoriy cheklashlar savdo to‘siqlarining nisbatan yangi 
shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari o‘zlarining ma‘lum mamlakatga 
eksportini «ixtiyoriy» cheklaydi. 
Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o‘zlarining davlatlararo ixtisoslashu-
vini rivojlantirishi, resurslar unumdorligini oshirishi va shu orqali ishlab chiqarish-
ning umumiy hajmini ko‘paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy 
samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlarga ixtisoslashishi va 
ularning o‘zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo‘lmagan tovarlarga 
ayriboshlash hisobiga yutish mumkin. 
Xalqaro savdoni quyidagilar taqoza qiladi. Birinchidan, iqtisodiy resurslar 
dunyo mamlakatlari o‘rtasida juda notekis taqsimlangan: mamlakatlarning iqtisodiy 
resurslar bilan ta‘minlanishi keskin farqlanadi. Ikkinchidan, turli xil tovarlarni 
samarali ishlab chiqarish har xil texnologiya yoki resurslar uyg‘unlashuvini talab 
qiladi. Bu ikki holatning xalqaro savdoga ta‘sirini oson tushuntirish mumkin. 


484 
Masalan, Yaponiya ko‘p va yaxshi tayyorlangan ishchi kuchiga ega, malakali mehnat 
ortiqcha bo‘lganligi sababli arzon turadi. Shu sababli, Yaponiya tayyorlash uchun ko‘p 
miqdorda malakali mehnat talab qilinadigan turli-tuman mehnat sig‘imli tovarlarni 
samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya esa aksincha, juda keng 
maydonlarga ega bo‘lgan holda etarli bo‘lmagan miqdorda inson resurslari va 
kapitalga ega. 
Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to‘siqlarini 
kiritishdan oladigan foyda, butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo‘qotish 
hisoblanadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling