Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Valyuta kursi va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
4. Valyuta kursi va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi. Uning nominal va real kursi 490 farqlanadi. 30.1-chizma. Valyutalar ayriboshlash Funt sterling taklifi 250 milliarddan 300 milliardgacha ko‘paysa, ayriboshlash kursi 1 funt sterlingga 1,18 dollardan 1,0 dollargacha pasayadi. Buning oqibatida: amerikaliklar uchun Angliya tovarlari nisbatan arzonlashadi; Angliya eksportining ko‘payishi funt sterlingga talabni oshiradi. Valyuta kurslariga bevosita ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 491 milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi; milliy iste‘molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi; valyutalarga talab va taklifga ta‘sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi holati; mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi; valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k. Valyuta kurslarining tebranishini tushuntirishga, xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordam beradi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun, ikki mamlakat iste‘molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar O‘zbekistonda bunday «savat», aytaylik 2500 ming so‘m, AQShda esa 1000 dol. tursa, 2500 mingni mingga bo‘lib, 1 dol. ning narxini hosil qilamiz, bu 2500 so‘mga teng. Agar O‘zbekistonda muomaladagi pul massasining ko‘payishi oqibatida, tovarlar narxi ikki marta oshsa, barcha sharoitlar teng bo‘l- ganda dollarning so‘mga ayriboshlash kursi ikki marta oshadi. Valyuta kursi tebranishi valyuta bozorida juda ko‘p omillar ta‘sirida shakllanadi. Bu omillarni shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin: uzoq, qisqa, o‘rta muddatli. a) uzoq muddatli omillar: mamlakat iqtisodiyotining umumiy holati, mehnat unumdorligi darajasi, YaMM o‘sish sur‘ati, pul tizimi; b) o‘rta muddatli omillar: to‘lov balansi holati, byudjet taqchilligi darajasi, kapital qo‘yilmalar holati, inflyatsiya sur‘ati, pul-kredit emissiyasi, real foiz stavkalari, valyutaga bo‘lgan ishonch, davlat iqtisodiyotini tartibga solish siyosati va boshqa shu kabilar. v) qisqa muddatli omillarga bozorda kutilayotgan o‘zgarishlar, milliy va xalqaro miqyosda iste‘molchilarning didi va daromadlarining o‘zgarishi, yirik banklar, valyuta dillerlarining ijtimoiy fikri va boshqa shu kabilar kiradi. Valyuta kursining har qanday tebranishi ikki xil oqibatga olib keladi: Eksportni yoki importni afzal qilib qo‘yadi. Bunda eksport foyda yoki zarar keltirishi, import tovarlari qimmatlashishi yoki arzonlashishi mumkin. Eksport- 492 import ko‘lamiga qarab mamlakat iqtisodiyotining valyuta kursiga bog‘lanishi kuchayadi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling