Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
«Fiziokratlar» merkantalistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida
yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. «Fiziokratiya» grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ma‘nosi «tabiat hukmronligi» degan ma‘noni anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Frantsiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (1694- 1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha «sof mahsulot» vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi balki ularni bilish va talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi. F.Kene birinchi bo‘lib ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli – mashhur ―iqtisodiy jadvalni‖ yaratadi. F.Kene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq- 19 ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom ashyo, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik ishlab chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o‘rtasida tovar va pul oqimi harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular er mulkdoriga renta shaklida beradi. Uilyam Petti (1623-1686) g‘oyalari merkantilizmdan klassik fan-siyosiy iqtisodga o‘tish uchun ko‘prik bo‘ldi. U birinchi bo‘lib boylikning manbai mehnat va er deb e‘lon qildi. «Mehnat boylikning otasi bo‘lsa, er uning onasidir» degan mashhur qarash U.Pettiga tegishli. XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush farovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivoj- lanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob‘ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. A. Smit moddiy ishlab chiqarishda nima yaratilsa jamiyatning boyligi deb hisoblaydi. U boylikning o‘sish shart-sharoitlari mehnat taqsimoti va uning unumdorligi ortishidir deb ta‘kidlaydi. A.Smit fikricha, qiymatning manbai mehnat, jamiyat rivojlanishi natijasida mehnat bilan birga kapital va er ham qiymat manbai bo‘lib boradi, shu sababli tovar narxi ish haqi, foyda va rentadan qaror topadi. U ijtimoiy boylik ortib borishi bilan jamiyatning barcha sinflari daromadi o‘sib boradi, pul qiymat o‘lchovi vazifasini bajaradi degan xulosaga keladi. A. Smit tushunishicha, qachonki shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatdan ustun tursa bozor qonunlari iqtisodiyotga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, kishilar o‘z manfaatini ko‘zlab, bir-birlari uchun mahsulot ishlab chiqaradi, bozor 20 esa ularning o‘zaro manfaatlarini hisobga olishga majbur qiladi, ya‘ni bunda kishilar beihtiyor jamiyat uchun ishlaydi. A. Smitning «ko‘rinmas qo‘l» qoidasida bozor kuchlari (erkin narxlar, talab va taklif, raqobat) va ob‘ektiv iqtisodiy qonunlar stixiyali ta‘siri nazarda tutiladi. U davlatning jamiyatdagi yangi sinfi tadbirkorlarning xo‘jalik ishlariga aralashmasligini yoqlab chiqadi va tabiiy erkinlik g‘oyasini ilgari suradi. Tabiiy erkinlik siyosati uning nazariyasida quyidagilarni ko‘zda tutadi: ishchi kuchining erkin harakati, er bilan erkin savdo, sanoat va savdo faoliyat qilishini davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish. A.Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi D.Rikardo (1772-1823) hisoblanadi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi – qiymat qonuni yahlit iqtisodiy nazariya fani shakllanadigan asos deb tan olinishidir. D.Rikardo mazkur fanning asosiy vazifasi daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonunlarni ochishda deb biladi. U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb hisoblaydi hamda foyda normasining pasayish tamoyilini ko‘rsatib beradi. Differentsial renta mexanizmini yoritadi. Iqtisodyot nazariyasi fanining rivojlanishiga Sismondi (1773-1842) ham muhim hissa qo‘shdi. U kapitalistik jamiyat iqtisodiy mexanizmini tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo‘lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilagan fan bo‘lmog‘i lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko‘ra progressiv bo‘lgan jamiyat qurish g‘oyasi Sen-Simon (1760-1825), Sharl Fure (1772-1837), Robert Ouen (1771- 1858) kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar. Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo‘nalish jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tizimi, vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan o‘rin almashish sabablari to‘g‘risidagi ta‘limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. Mazkur ta‘limot asoschilari o‘zlarining nazariy kontseptsiyasini uslubiy jihatdan bir vaqtda uchta ilmiy manbaga tayanib yaratadi: A.Smit – D.Rikardoning Angliya klassik siyosiy 21 iqtisodi, Gegel – Feyrbaxning nemis klassik falsafasi va frantsuz utopik sotsializmi. Ular ta‘limotida asosiy o‘rinni bazis va ustkurma kontseptsiyasi egallaydi – unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini belgilaydi. Mazkur nazariyada kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotida bozor printsiplari buzilishiga olib kelishi, to‘liq bandlikni ta‘minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga tortishi qayd qilinadi. Ular A.Smit va D.Rikardo asos solgan qiymatning mehnat nazariyasini yangidan qayta ishlab, qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarishga proletariatni ekspluatatsiya qilish orqali erishilishini va uning kapitalistlar tomonidan o‘zlashtirilishi ular boyligining ko‘paytirishning doimiy manbaini tashkil qilishini qayd qiladi. Kapitalning jamg‘arilish jarayoni sinfiy kurashning keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo‘lishi bilan tugashini qayd qiladi. K.Marksning kapital to‘g‘risidagi ta‘limoti bir xil baho olmadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda marksistik g‘oyani ro‘yobga chiqarishga qaratilgan harakat muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi. Bu uning chuqur inqiroziga olib keldi. Markaziy Osiyoda iqtisodiy qarashlarning rivojlanishi Farobiy (870-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy (1441-1501) va boshqa shu kabi dunyoga mashhur mutafakkirlar nomi bilan bog‘liq. Ularning asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalar hali falsafiy bilimlardan to‘liq ajralmagan bo‘lsada, ancha qiziqish uyg‘otadi. Jumladan, Farobiy qarashlarida insonlarning ehtiyojlari to‘g‘risidagi g‘oyalar markaziy o‘rinni egallaydi. Uning fikricha, kishilarning moddiy ehtiyojlari jamiyatning shakllanishida birlamchi sabablardan hisoblanadi. Ibn Sino nafaqat oila doirasida, balki shahar va davlat darajasida daromad va harajatlar muvozanati haqida fikr yuritadi. Uning qarashicha, daromad va xarajatlar muvozanatligiga tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganida zahiradan mab- lag‘larni ta‘lim uchun ajratishni hisobga olib erishish zarur. Iqtisodiy bilimlar sohasida XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri Yusuf Xos Xojib muhim o‘rin tutadi. U jamiyat rivojlanishida mehnatning rolini ko‘rsatib, moddiy boyliklarning xarakteri va hususiyatlarini qayd qiladi, mehnat taqsimoti 22 masalasi muhimligiga e‘tibor qaratadi hamda pulning vazifalariga aniq ta‘rif beradi. Buyuk shoir, mutafakkir, qomuschi olim va davlat arbobi A.Navoiy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi haqida o‘z fikrlarini bayon qiladi, boylikni yaratishda mehnatning rolini ko‘rsatib beradi. U «boylik» agar u butun xalq tomo- nidan foydalanilsa ne‘matga aylanadi deb hisoblaydi. Uning fikricha davlat boyishining manbai soliqlar hisoblanadi, Shu sababli adolatli soliq tizimini o‘rnatish g‘oyasini ilgari suradi. Navoiy o‘zining asarlarida davlat moliyasiga alohida e‘tibor qaratadi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling