Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar 
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy 
qonunlarni ham o‘rganadi. 
Boshqacha qilib aytganda bu fanning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy 
qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizmini ochib berish 
hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa 
va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-
oqibat aloqadorlikni, ularning ichki o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. 
Iqtisodiy qonunlar ob‘ektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqelikning 
umumlashgan nazariy ifodasi reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya‘ni uning inson 
ongidagi in‘ikosidir. Iqtisodiy qonunlar ob‘ektiv xarakterga ega bo‘lib, ularning 
kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, 
ularning hohish irodasiga bog‘liq emas. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning 
iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, balki 
aynan ularning faoliyati, xatti-harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi 
va ular orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning 
mazmunini bilib, ularning talablarini hisobga olib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida 
foydalanishlari lozim bo‘ladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Tabiat qonunlari doimiydir, 
iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, tarixiydir va 
o‘zgaruvchandir. Chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib kishilik 
jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi.
Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi 
guruhlarga ajratiladi:

Umumiqtisodiy 
qonunlar-kishilik 
jamiyati 
rivojlanishining 
barcha 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib 
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni 
va boshqalar; 


30 

Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining 
ma‘lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-
pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda amal qiladi.

Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim 
sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat 
qonuni.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling