Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Ilmiy abstraktsiya usuli – voqea va hodisalar tahlili paytida xalal berishi 
mumkin 
bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e‘tibordan chetlashtirilib, 
o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgisiga e‘tiborni qaratishdir. 
Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida 
qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir.
Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy o‘zaro ta‘siri asosida xulosalar 
chiqarishdir. 
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy 
fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib 
qo‘yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida 
ro‘y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, 
shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlari orqali ham tahlil qilinadi. 
Induktsiya va deduktsiya usuli. Induktsiya nazariyadan amaliyot tomon 
borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni 
anglatsa, deduktsiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y 
beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi. 
Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real 
hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda 
ishsizlik 2016 yilda 6,9 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 
2016 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h.k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning 
qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, 


32 
ishsizlikning tabiiy darajasi 5,0 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi 
narxlarning o‘sish sur‘atidan yuqori bo‘lishi zarur va hokazo. 
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar 
va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning 
miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Iqtisodiy tahlilda «Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda» degan farazdan 
ham foydalaniladi. Chunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko‘plab 
omillar ta‘sir ko‘rsatadi. 
Bu barcha omillarning birgalikdagi ta‘sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini 
ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. Shu sababli ularning 
alohida olingan omil ta‘sirida mohiyati ochilib, boshqa omillar ta‘siri e‘tibordan 
chetda qoladi yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida 
o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta‘siri ham alohida-
alohida qarab chiqiladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling