305
20.1-chizma. Pul kapitali bozorida muvozanatlik
Bunda pul kapitalini taqdim qiluvchi sub‘ektlar mohiyatan undan mustaqil
muqobil foydalanishdan (o‘z shaxsiy biznesini
tashkil qilib foyda olish, ko‘chmas
mulk yoki yer xarid qilib renta olish va boshqa nafliliklarga ega bo‘lishdan voz
kechadi.
Pulini qarzga berish o‘z kapitalidan joriy foydalanishdan voz kechish va bu
imkoniyatni boshqa sub‘ektlarga berishdir.
Foiz stavkasi darajasi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi:
kredit maqsadidagi pulga talab;
tahlika darajasi. Bunda, puldan joriy davrda foydalanish imkoniyati
kechiktirilganda va shu orqali kelgusida
mamlakatda siyosiy muhit, soliq
qonunchiligi va boshqa sharoitlar o‘zgarish mumkinligi ko‘zda tutiladi.
qarz berish muddati;
qarz beriladigan pul miqdori;
kapital bozoridagi raqobat:
Investitsion loyihalar samaradorligini asoslash ikkita uslubga asoslanadi:
1. Kapitalga olingan daromad darajasini foiz stavkasi bilan taqqoslash;
2. Vaqt omili bilan bog‘liq bo‘lgan diskontlash. Investitsion
loyihalarni amalga
oshirishda (uskunalar sotib olish, yangi zavodlar qurish va h.k.)
bugungi xarajat
miqdori va bo‘lg‘usi pul summasining bugungi qiymatini aniqlash muhimdir.
306
Diskontlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
bu erda:
V
p
– bo‘lg‘usi pul summasining bugungi qiymati;
V
t
– bugungi pul summasining kelgusidagi qiymati;
t – yillar soni;
r – yillik
foiz stavkasi.
Diskontlashni amalga oshirishda foizning nominal va real stavkasini farqlash
muhim hisoblanadi. Nominal stavka joriy narxlarda, real
stavka doimiy narxlarda
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: