33
sababli iqtisodiy tahlilda ko‘plab har
xil modellardan foydalaniladi, ulardan har
biri muayyan vazifalarni hal qiladi.
Ayni vaqtda, har qanday model iqtisodiyotdagi
real hayotiy voqeylik
(bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi.
U real
hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy yetuklikning yuqori andazasidir.
Bu qayd
qilinganlar iqtisodiy modellarning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi.
Jumladan yalpi talab va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni
ifodalab, real jarayonlar uning idealidan farqlanishini
aniqlash va undagi aniq
omillar ta‘sirini miqdoriy baholash imkonini beradi.
Tayanch tushunchalar
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy
resurslar cheklangan
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy
ne‘matlarni takror
ishlab chiqarish, jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy muno-
sabatlarni yoki kishilarning iqtisodiy hatti – harakatini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: