Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Mahsulot turlari 
M u q o b i l i sh l a b ch i q a r i sh 






guruch (tonna) «X» 

10 
20 
30 
40 
50 
avtomobil (dona)«Y» 
25 
20 
15 
10 


Agar mavjud resurslardan faqat avtomobil ishlab chiqarsak, u 25 ta, faqat 
guruch etishtirsak 50 tonnaga teng keladi. Birinchi tovarni ishlab chiqarishni 
ko‘paytirish, albatta ikkinchisining kamayishi hisobiga ro‘y beradi.
Jadval ma‘lumotlarini grafikda aks ettirsak, ikki turdagi mahsulot ishlab 
chiqarishning turlicha uyg‘unlashuvi mavjud bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz.
 
3.2-chizma. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i 
5
CampbellR.McConnell, StanleyL.Br ue. Economics: Tamoyillar,muammolarvasiyosat. O‘nettinchiNashr. 11 
b. 


39 
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning asosi bo‘lgan ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Ishlab chiqarish imkoniyati
mavjud iqtisodiy resurslardan to‘laroq foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot 
ishlab chiqarish salohiyatini anglatadi. U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini 
ifodalaydi.
 
Yangi texnika va texnologiyalarning yaratilishi hamda ularning ishlab 
chiqarishga jalb qilinishi imkoniyatlar chegarasining kengayishiga olib keladi. 
Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, unumdorlikni, oshirish, 
energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash, ikkinchi 
tomondan, resurslarning yangi manbalarini topib, iqtisodiy faoliyatga jalb etish 
imkonini beradi. Bunga jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan, 
quyosh energiyasidan foydalanish va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin. 
 
Resurslar cheklanganligi sharoitida ularni tejab ishlatish tovar turlarining 
muqobil variantlaridan eng optimal darajasini tanlashda muhim ahamiyatga ega 
bo‘ladi.
Tanlovning variantlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, bu qaror qabul qilishni 
qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun ularga qilinadigan sarf - 
harajatlarni taqqoslashga to‘g‘ri keladi. 
Shunday qilibturli variantlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga 
yoki ularning miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov 
asosida qanday qarorga kelishiga bog‘liq. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling