40
/K/ va ishchi kuchi /V/dan olingan mahsulotni /M/ dan iborat deb olsak,
ishlab
chiqarish funktsiyasi
M=F /E. K. V/ ko‘rinishni oladi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi jalb qilingan omillar birligi evaziga olingan
mahsulot hajmini bildiradi.
Bundan tashqari, mazkur ko‘rsatkich mahsulotning
mavjud hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi
talab qilinishini aniqlash
imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil resurslar sarfini birdaniga yoki
ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini oshirish mumkin.
Lekin boshqa omillar teng bo‘lgan sharoitda ayrim resurslar sarfini oshirish yo‘li
bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Masalan, ishlab chiqarish binolari,
mashina, stanok va boshqa asbob-uskunalar miqdori o‘zgarmagan
holda ishchilar
sonini va xomashyoni ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulotni ma‘lum miqdorgacha
oshirib borish mumkin. Ammo ma‘lum darajaga borgandan keyin qo‘shimcha jalb
qilingan ishchi kuchi yoki xomashyolar samarasi kamayadi.
Ikkinchidan, ishlab
turgan ishchilar soni o‘zgarmagan holda ularni yangi
texnika va texnologiyalar
bilan qurollantirish, ya‘ni har bir ishchiga to‘g‘ri
keladigan kapital miqdorini
oshirish hisobiga ham mahsulotni ko‘paytirishga erishish mumkin. Iqtisodiyotning
barcha darajasida resurslardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga
olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda aniqlash mumkin:
umumiy mahsulot,
Do'stlaringiz bilan baham: