Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


O’zbekistonda bandlikning tarkibi va uni takomillashtirish vazifalari


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

4. O’zbekistonda bandlikning tarkibi va uni takomillashtirish vazifalari 
Bandlik darajasi uning tarkibidagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Bandlikning 
mulkiy, tarmoq, xududiy va mussasaviy tarkibi o‘rganiladi.
O‘zbekistonda bandlikning mulkiy tarkibi tahlili milliy iqtisodiyotda xususiy 
mulk va uning doirasida xo‘jalik yuritishning turli-tuman shakllari ustuvor o‘rin 


459 
egallab borayotganligini ko‘rsatadi. Respublikada nodavlat sektorida band 
bo‘lganlar ulushi 2000-2016 75,9 dan 82,5 foizga ortgan.
Bandlikning mulkchilik shakllari bo‘yicha ro‘y berishi kutiladigan o‘zgarishlar 
istiqbolda ham davlat sektorida band bo‘lganlar ulushi nisbatan kamayib nodavlat 
sektordagilar salmog‘i ortib borish hisobiga sodir bo‘ladi. 
Respublikada bandlikning tarmoqlar bo‘yicha ulushidagi o‘zgarishlarga har 
xil tamoyil hos. Bandlikning ayrim tarmoqlaridagi ulushi ortib borgan bo‘lsa, 
boshqalarida u pasayish tamoyiliga ega, uchinchisida esa nisbatan barqaror 
saqlanib qolgan. 
Jumladan, keyingi 16 yilda iqtisodiyotning transport va aloqa, qurilish 
tarmoqlarida bandlikning ulushi 1,2 savdo umumiy ovqatlanish, moddiy-texnika 
ta‘minoti va tayyorlash tarmoqlariniki 1,3 barobardan ko‘proqqa ortgan. 
Mazkur tarmoqlarda bandlikning qayd qilingan, ortib borishi YaIMda ular 
maxsuloti ulushining o‘sishiga mos ravishda ro‘y bergan.
O’zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha bandlar (2016 yil.) 
28.1-jadval 
Iqtisodiyot tarmoqlari 
Ming kishi
Foizda
Iqtisodiyotda jami bandlar soni
13298,4 
100,0 
Shu jumladan tarmoqlarda: 
Qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi  
3646,7 
27,4 
Sanoat  
1802,4 
13,6 
Qurilish  
1263,6 
9,5 
Savdo  
1452,4 
10,9 
Tashish va saqlash 
638,2 
4,8 
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 
308,0 
2,3 
Axborot va aloqa  
63,6 
0,5 
Moliyaviy va sug‘urta faoliyati  
66,5 
0,5 
Ta‘lim  
1105,6 
8,3 
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 
601,6 
4,5 
San‘at, ko‘ngil ochish va dam olish  
65,1 
0,5 
Boshqa faoliyat turlari  
2284,7 
17,2 
Respublikada bandlikning tarmoq tarkibidagi keskin kamayishi qishloq 
qishloq xo‘jaligi soxasi ulushiga tegishli bo‘lgan. Agrar soxaning YaIMdagi ulushi 


460 
2016 yilda 2000 yilga taqqoslanganda 12,5 (30,1 dan 17,6) foizga qisqargani 
holda, bandlikdagi ulushining kamayishi 6,8 foizni tashkil qilgan.
Respublikada bandlikning tarmoq tarkibidagi ro‘y beradigan istiqboldagi 
muhim o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin. 
 Iqtisodiyotning, sanoat tarmog‘ining mavjud quvvatlarini yangilash va 
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash hamda kooperatsiyalash 
asosida mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish natijasida bandlikdagi ancha 
muhim miqdor va sifat o‘zgarishlar uning alohida tarmoqlariga tegishli bo‘ladi. 
Jumladan, sanoatning qazib oluvchi va undiruvchi tarmoqlarida, band bo‘lganlar 
salmog‘i nisbatan kamayib, uni qayta ishlovchi tarmoqlaridagi ulushi shunga mos 
ravishda ortib boradi. Bu avvalo, yoqilg‘i, metallurgiya, kimyo va qurilish 
materiallari sanoatiga tegishli. 
 Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazishda band 
bo‘lganlar mutloq va nisbiy ulushining kamayishi tarmoq mahsulotining YaIMdagi 
salmog‘i qisqarishiga mutanosib ravishda bo‘lishiga erishib borishga qaratilishi 
zarur.
 Samarali bandlikni ta‘minlash talabi hisobga olinganda iqtisodiyotning 
transport va aloqa tarmog‘i boshqa tarmoq va sohalarga qiyosan ancha yuqori 
mavqega ega. Mazkur tarmoqda keyingi yillarda qaror topgan ijobiy tamoyillarni 
saqlab qolish nafaqat sohada balki butun milliy iqtisodiyotda samarali bandlikni 
ta‘minlashga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
 Samarali bandlikka erishib borish talabi nuqtai nazaridan iqtisodiyotning 
qurilish hamda savdo tarmoqlarida va umumiy ovqatlanish sohalarida ishchi 
kuchidan 
foydalanilmayotgan katta potentsial 
imkoniyatlar 
mavjudligini 
ko‘rsatadi. Xususan, qurilish tarmog‘ining bandlikdagi ulushi 2000-2016 yilda ¼ 
hissaga ortgani holda, uning YaIM dagi hissasi deyarli o‘zgarmay qolgan. Savdo 
va umumiy ovqatlanish sohalarining YaIM dagi ulushi kamayib borgan sharoitda, 
unda band bo‘lganlar salmog‘i 1/3 barobarga ortgan. Demak, iqtisodiyotning 
mazkur tarmoqlarida ham samarali bandlikka erishib borish istiqboldagi 
vazifalardan hisoblanib, davlatning bu sohalarni innovatsion rivojlantirishga qara-


461 
tilgan chora-tadbirlari ko‘proq mehnat unumdorligi va iqtisodiy faoliyat 
samaradarligini rag‘batlantirish maqsadlariga yo‘naltirilishi zarur.
Respublika iqtisodiyotida bandlarning hududiy kesimidagi ulushi ayrim vi-
loyatlar bo‘yicha 2,7% (Sirdaryo viloyati)dan 11,4% (Farg‘ona viloyati)gacha 
bo‘lgan darajani tashkil qilgan, ya‘ni bandlikning eng past va yuqori ko‘rsatkichi 
o‘rtasidagi farq 4,2 barobardan ko‘proqqa teng bo‘lgan (2016 y.). Sirdaryo va 
Farg‘ona viloyatlarining YaIMdagi ulushi (mos ravishda 1,8 va 6,7%)dagi farqlar 
ko‘lami ham 3,7 barobardan ko‘proqni tashkil qilgan.
Respublika viloyatlari bo‘yicha band bo‘lganlarning ulushidagi nisbatan 
ancha katta farqlarni ular iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi, ixtisoslashuv 
yo‘nalishi, tarmoq tuzilishi va unda sanoat hamda qayta ishlovchi sohalarning 
ulushi kabi omillar belgilab beradi.
Hozirgi kunda mamlakatda aholini ish bilan bandligini ta‘minlash bo‘yicha 
amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagilarni qamrab oladi: 
1. Aholining ish bilan bandligi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish hamda 
ishsiz aholini yangi, mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga o‘rgatish. 
2. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan 
qayta jihozlash, ayniqsa tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashga e‘tiborni 
kuchaytirish.
3. Ish 
bilan 
bandlikka 
ko‘maklashuvchi 
markazlar 
faoliyatini 
takomillashtirish, bunda eng avvalo, ular tuzilmasini maqbullashtirish.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling