Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish Jahon xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi davlatlararo xo‘jalik aloqalarini tartibga solish tizimini yaratish zarurligiga olib kelgan. Hozirgi davrda 471 qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida xalqaro valyuta fondi (XVF), xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), jahon savdosi sohasida-tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK) ni ko‘rsatish mumkin. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy tashkiliy shakllardan boshlangan. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib kelgan. Birinchi xalqaro tashkilotlar o‘tgan asrning 20-yillarda tuzilgan bo‘lsa-da, (Millatlar ligasi 1919 y, Xalqaro hisob-kitoblar banki 1929 y.) xalqaro darajada jahon xo‘jalik aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi. 1945 yilda maxsus xalqaro moliyaviy muassasalar –Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish taraqqiyot banki (XTTB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanadi: jahon savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib- qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan tariflar va savdo bo‘- yicha bosh kelishuv (TSBK) Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (EIXT), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi qo‘mitasi (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keladi. Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot (TSBK) doirasidagi faoliyat bilan bog‘liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo aylan- masining 4 5 qismidan ko‘prog‘ini tartibga soladi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi tartiblarga asoslanadi. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish XVF, XTTB, iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRO), xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. 472 G‘arbdagi etti etakchi mamlakatlarning har yillik kengashi bu sohada muhim rol o‘ynaydi. Valyuta – moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a‘zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a‘zo mamlakatlarga ularning valyuta moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTTB faol shug‘ullanadi. XTTB va u bilan birga jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish Uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) har xil investitsion ob‘ektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlarga yordam beradi. Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jahatdan rivojlangan mamla- katlarni birlashtiruvchi IXRO doirasida mamlakatlar to‘lov balansi holatini o‘rga- nish amalga oshiriladi, makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IXRO jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli funktsional aloqalarni o‘rganishni amalga oshiradi, valyuta va byudjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi. Sharqiy Evropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta‘sir ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Evropa tiklanish va taraqqiyoti banki (ETTB) tuzilgan. O‘tgan asrning oxirlarida dunyoda AQSh, G‘arbiy Evropa, Xitoy va Yaponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilot a‘zolari tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta‘siri bo‘ldi. XVF, XTTB, TSBKga Osiyo, Afrika, Latin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq 473 sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini tartibga solishda ma‘lum o‘zgarishlarga olib keladi. Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta‘sis etiladi. Bu idtifoqning shartnomada belgilangan vazifalarni bajarish uchun bir qator Evropa muassasalari tuzildi. Evropa Ittifoqining ijroiya organi-Evropa hamjamiyatiKomissiyasi (EHK)dir. Uning a‘zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir. Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi-Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta‘minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar kengashi mavjud bo‘ladi. Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat byudjeti va qonunlarini ma‘qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi Evroparlament zimmasiga yuklatiladi. Evropa Ittifoqida (1999 yilda) yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila boshlagach yagona valyuta-evro joriy etildi va yangi muassasa - Evropa Markaziy banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga Evropa banklar tizimining asosini tashkil qiladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling