Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
 
 
90
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари. 


475 
MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarning respublika tashqi 
savdosidagi ulushi (2016 y. foizda) 
29.1-jadval 
 
 
Respublika tashqi savdosi tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar. Keyingi 
yillarda eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulot salmog‘ining barqaror 
o‘sish tamoili va xomashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining 
kamayib borayotganida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2016 yilda umumiy eksport 
hajmida xomashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 70%dan ziyodni tashkil etdi. 
Ayni vaqtda O‘zbekiston uchun an‘anaviy eksport xomashyosi bo‘lgan paxta 
tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20% dan, 2016 yilda 5,2% ga tushdi
91

Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlari va MDH 
mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi 
siyosatning asosiy yo‘nalishlaridandir. O‘zbekiston Hamdo‘stlik davlatlari muas-
sasalari - Davlatlararo iqtisodiy ko‘mita, Davlatlararo bank va boshqa 
muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, 
Ukraina, Belorus, Moldova va boshqalar) bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy
savdo-iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar amal qilmoqda. 
91
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралариi. – T.: Ўзбекистон 2009, 16-17 бетлар 


476 
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy 
sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga hamda zarur bo‘lgan 
tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga 
tavakkalchilik xatarlari keltiriladigan zararni qoplaydigan «O‘zbekinvest» milliy 
sug‘urta kompaniyasini, turli qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini, Vazirlar 
Mahkamasi huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga 
ko‘maklashuvchi xizmatni, Davlat mulk ko‘mitasi huzuridagi ko‘chmas mulk va 
xorijiy investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va 
tashkilotlar hamda respublikada vujudga keltirilgan tegishli tuzilmalar xorijiy 
investorlar uchun qulay huquqiy-me‘yoriy sharoitlarni yaratib, ularning huquq-
larini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada 
amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida 
amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo‘ladi. 
Evropa Ittifoqiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo 
sohasidagi hamkorlik, NATOning «Tinchlik yo‘lidagi sheriklik» dasturida 
mamlakatimiz ishtiroki uning jahon xo‘jaligi qo‘shilishning navbatdagi 
yo‘nalishidir. Jumladan, Evropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o‘rtasida imzolangan 
Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (1996 yil iyun) tashqi iqtisodiy 
faoliyatning ustuvor yo‘nalishidir; 
O‘zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi 
iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo‘nalishdir. Bu yo‘nalishda 
XVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag‘ bilan ta‘minlash, tizimli va 
makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash Dasturlari 
ma‘qullangan. 
Jahon bank tashkilotlari - Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XRTB), 
Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va 
Investittsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik 
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol 
o‘ynaydi. Xususan XRRB yo‘li bilan O‘zbekistonga paxta etishtirish usullarini 


477 
zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklashish va 
unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida salmoqli mablag‘ ajratilgan. 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O‘zbekistonda bir qator loyihalarni 
amalga oshirishda ishtirok etmoqda. 
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi 
Banki (ORB) hamda jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorlik istiqbolli 
yo‘nalishlardan hisoblanadi. 
Shunday qilib, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida dunyo 
mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi 
o‘ringa ega bo‘lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvini kuchaytiradi 
hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarishning asosiy tashqi omillari 
hisoblanadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling