Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Xorijiy va MDH davlatlarining Respublika tashqi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Xorijiy va MDH davlatlarining Respublika tashqi 
savdosidagi salmog’i, % hisobida
92 
30.1-jadval 
Tashqi savdo 
aylanmasi 
Shu jumladan: 
Eksport 
Import 
2005 2008 2012 2015 2016 2005 2008 2012 2015 2016 2005 2008 2012 2015 2016 
MDH 
davlat-
lari 
35.8 48,9 47,2 38,9 34,6 31.8 34,7 54,3 43,1 35,9 41.1 42,7 38,8 34,8 33,4 
Xorijiy 
davlatlar 
64.2 51,1 52,8 61,1 65,4 69.2 65,3 45,7 56,9 64,1 59.9 57,3 61,2 65,2 64,6 
 
Respublika tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy tamoyillar bilan birga 2010-
2016 yillarda ―xomashyo import qilish 1,3 barobarga ko‘paygan‖
93
. Shu sababli 
2017-2021 yillarda mamlakatimiz oldiga ―...neft-gaz mahsulotlari eksportini 
ko‘paytirish, importni keskin kamaytirish va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish hajmini oshirish‖
94
vazifasi qo‘yiladi. Bunda ―...eksport 
faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksportning tuzilmasi va 
geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarining 
eksport 
salohiyatini 
kengaytirish 
yo‘l-transport infratuzilmasini yanada 
rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion-
kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish‖
95
tashqi savdo siyosatida ustuvor 
yo‘nalish bo‘lib qoladi. 
Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli 
qo‘yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, eksport qiluvchi mamlakatdan 
mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini 
92
www.statistic.uz
93
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.11-бет. 
94
Ўша жойда. 12-бет. 
95
Мирзиѐев Ш.М.. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор 
йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. www.lex.uz 


481 
qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur 
mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyin-
gi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida barqaror daromad 
olish omili hisoblanadi. 
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar sotib olib, ularni 
mamlakatga keltirishni bildiradi. Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi 
savdo aylanmasi yoki tovar aylanmasi beradi. Qandaydir mamlakat ishlab 
chiqaruvchi mamlakatdan tovarni o‘z iste‘moli uchun emas, balki uchinchi 
mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro‘y beradi. Reeksport 
bilan reimport uzviy bog‘liq. Reimport iste‘molchi mamlakatdan reeksport tovarni 
sotib olishni bildiradi. 
Eksport hajmi bilan import hajmi o‘rtasidagi farq sof eksport deb ataladi. 
O‘zbekiston 2016 yil yakuniga ko‘ra 48 mln. AQSh dollari miqdorida salbiy 
saldoga erishdi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling