Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Industrial jamiyatga o’tish.
- 4. Industrial jamiyat.
- 5. Ommaviy iste’mol jamiyati.
1. An’anaviy (traditsion) jamiyat. Bu jamiyat qishloq xo‘jaligi ustuvorligi,
yirik yer egalari hukmronligi, mehnat qurollarining oddiy, primitivligi, mehnat unumdorligining pastligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun unda jamg‘arish ham bo‘lmaydi. 2. O’tkinchi jamiyat. Bu bosqich markazlashgan davlatning vujudga kelishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, hunarmandchilik hamda tadbir- korlikning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Jamg‘arish boshlanadi, u o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ижтимоий-иқтисодий формация - Ишлаб чиқариш усули (базис) Устурма (давлат) Ишлаб чиқариш кучлари иж ти м ои й - си ѐс ий ғо ял ар (с иѐ си й, ҳу қу қи й, ди н ий ,и лм ий в а ҳ. к. ) м ун ос аб ат ла р М ос р ав иш да та ш ки ло т, и до ра в а м уа сс ас ал ар Т ақ си м от м ун ос аб ат ла ри А йи рб ош ла ш м ун ос аб ат ла ри И ст еъ м ол м ун ос аб ат ла ри Ишчи кучи (малака, иш тажрибасига эга кишилар) Ишлаб чиқариш воситалари Меҳнат воситалари Меҳнат ашѐлари Т аб ии й аш ѐ Х ом а ш ѐ М еҳн ат ни нг у муми й во си та ла ри М еҳ на т қу ро лл ар и И ш ла б чи қа ри ш вос ит ала ри га мулк чи ли к мун ос аб ат ла ри Ишлаб чиқариш муносабатлари И ш ла б чи қа ри ш ж ара ѐн ид а ю за га к ел ад иг ан мун ос аб ат ла р 51 3. Industrial jamiyatga o’tish. Bu davrda mehnat qurollarining takomillashuvi, sanoatda inqilob (to‘ntarish) yuz beradi. Uning natijasida mehnat unumdorligi o‘sadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllanadi, rivojlana boshlaydi. Qo‘l mehnati o‘rniga mashinalar keladi. Jamg‘arish kam bo‘lsa ham avvalgiga nisbatan o‘sib boradi. 4. Industrial jamiyat. Bu bosqichda yirik mashinalashgan industriya vujudga keladi. Fan-texnika taraqqiyoti jadal boradi. Yirik sanoat, ayniqsa og‘ir industriya rivojlanadi. Sanoat iqtisodiyotning yetakchi sohasiga aylanadi. Urbanizatsiya (shahar aholisining ko‘payishi) ro‘y beradi. Jamg‘arish jadal boradi, keyingi bosqich uchun asos yaratiladi. 5. Ommaviy iste’mol jamiyati. Bu bosqichda ommaviy iste‘mol tovarlari ishlab chiqarish ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi. Uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlarini ishlab chiqarish yetakchi o‘ringa chiqadi. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati iste‘mol uchun ishlaydi. Bu kontseptsiyada rivojlanish asosini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi tashkil etadi. Mulkning tarkibi jihatidan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar monostrukturali hamda polistrukturali tizimlarga ajratiladi. Bunday yondashuvda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga bir mulk shaklining hukmron bo‘lishi yoki mulk shakllarining xilma- xilligi nuqtai nazaridan qaraladi. Monostrukturali, ya‘ni bir mulk shakli hukmron bo‘lgan tizim mulkiy monopoliyaga asoslanadi. Bu hukmronlik xususiy mulk yoki davlat mulkining hukmronligi bilan ajralib turadi. Yakka mulk monopoliyasiga tayangan iqtisod monotizm yoki monoiqtisod hisoblanadi. Qadimiy Sharqda u davlat mulkiga asoslangan «osiyocha ishlab chiqarish usuli» bo‘lib, ishlab chiqarish omillari davlat qo‘lida to‘plangan. Yer, suv, har xil inshootlar, hatto ish kuchi ham davlatniki bo‘lgan. G‘arbda esa monoiqtisodiyot asosan xususiy mulk monopoliyasiga tayangan. U qadimgi dunyo va o‘rta asrlarda quldorlar va feodallarning mulkiy hukmronligi va ishlab chiqaruvchilarning tobeligi tarzida namoyon bo‘lgan. 52 Klassik kapitalizmda ulardan farqli ravishda, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida ishlab chiqaruvchilar shaxsan qaram bo‘lmagan. Lekin ular mulkdan mahrum etilgan holda tirikchilik qilish uchun mulk egalari qo‘ygan shartga rozi bo‘lib ishlashga majbur bo‘lgan. Monoiqtisodiyotning o’ziga xos shakli davlat mulk monopoliyasiga asoslangan tarixda ―sotsialistik‖ jamiyat deb nom olgan iqtisodiy tizimdir. U davlatning iqtisodiyot ustidan qattiq nazorat o‘rnatishga asoslangan. Ishlab chiqarish vositalari, barcha jamiyat a‘zolariniki deb, e‘lon qilingan bo‘lsa-da, mulkni tasarruf qilish davlat qo‘lida bo‘lgan. Iqtisodiy faoliyat davlat tomonidan markazdan turib rejalashtirilgan va boshqarilgan. Bu monotizimning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, hamma resurslarni davlat qo‘lida to‘plash, ularning katta qismini jamg‘arish imkonini bergan. Ma‘muriy yo‘l bilan yaratilgan milliy daromadning asosiy qismi davlat tasarrufiga olinib, jamg‘arish jadallashtirilgan. Keyingi rivojlanish bosqichida monoiqtisod o‘rniga poliiqtisod keladi. Polistrukturali tizim asosini turli – tuman mulkchilik va ayrim mulk shaklining ustuvorligini inkor qilish tashkil etadi. Bunday tizimda mulkiy muvozanat hosil bo‘ladi hamda hamma mulk shakllarining rivojlanishi uchun bir xil sharoit yaratiladi. Albatta, monoiqtisodiyotning poliiqtisodiyotga o‘tishi darhol yuz bermaydi. Rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon XX asrning 20-yillardan boshlangan bo‘lsa, sobiq sotsialistik mamlakatlarda 80-yillarda ro‘y bergan. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling