53
Toindustrial tsivilizatsiya (4,5 asr)
Industrial (2,5 asr)
Postindustrial (1,3 asr).
Qamrov darajasiga ko’ra:
Mikroiqtisodiyot,
Makroiqtisodiyot,
Mezoiqtisodiyot,
Super-
makroiqtisodiyot (megoiqtisodiyot) ga farqlanadi.
Iqtisodiy
tizimlar rivojlanishiga
texnologik yondashuvda ishlab
chiqarishning texnologik usuli asos qilib olinib uning quyidagi turlari
ajratiladi:
- Oddiy kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy tizim;
- Manufakturaga asoslangan iqtisodiy tizim;
- Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiy tizim.
Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va
ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda ishlab chiqarishning texnologik
usuli deyiladi.
Oddiy kooperatsiya – bu bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil
ishni bajaruvchilar mehnatining oddiy shaklda (bir joyda) uyushtirilishidir.
Manufaktura – oddiy kooperatsiyaga uyushgan
ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasida mehnat taqsimotining joriy qilinishidir. Manufaktura qo‘l mehnatiga va
oddiy mehnat qurollariga asoslanadi.
Mashinalashgan ishlab chiqarish – manufakturaga
uyushgan xodimlar
mehnatiga mashinalarning joriy qilinishi natijasida vujudga keladi.
Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy faoliyatni boshqarish uslubi asosida ham uch
guruhga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: