Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
kishilarning ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha
hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma‘naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy ne‘matlardan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma‘naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bo‘lgan ne‘matlarni iste‘mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste‘mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy ne‘matlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb- ziynat, buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta‘kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne‘matlar kabi ma‘lum ehtiyojlarni qondiradi. Ma‘naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratiga ega bo‘lish, har xil xizmat- lardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan iste‘mol faoliyatining turli shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi. Masalan, ta‘lim olish, sog‘liqni saqlash, 11 dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir. Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya‘ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, uning xavfsizligini ta‘minlash, tinchligini saqlash avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishi hamda ijtimoiy ne‘matlar bilan ta‘minlashni o‘z zimmasiga oladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham iqtisodiy ne‘matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi. Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: - jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. - jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. - tabiiy-geografik sharoitlar. - tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling