Bozor iqtisodiyoti va biznes tayanch so’z va iboralar


 Fanning maqsadi va predmeti


Download 278.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi278.7 Kb.
#230745
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu.Bozor iqtisodiyoti va biznes

                       3. Fanning maqsadi va predmeti.    

Ichki rejalashtirishning metodologiyasi (uslubiyati) rejalashtirish qonuniyatlari, prinsiplari, 




unga qo’yilayotgan talablar, iqtisodiy ko’rsatma qoidalarni mujassamlashtiradi. 

Rejalashtirish  usuli  (metodikasi)  aniq  reja  ko’rsatkichlarining  asoslashning  yo’llari, 

uslublarining tarkibini xarakterlaydi, ichki rejalarni ishlab chiqarish tartibi, strukturasi, shakli va 

mazmunini ifodalaydi. 

Iqtisodiy rivojlanish kompleks rejasini ishlab chikish jarayoni murakkab va ko’p mexnat 

talab etadigan jarayon risoblanib, ma’lum bir reja tuzish texnologiyasiga asoslanishi lozim. Ushbu 

texnologiya umumiy tartibni belgilangan muddat, talab etilgan mazmun, rejaning turli bo’limlarini 

ishlab chiqarish ketma-ketligi, har bir ko’rsatkichning asoslanganligini tartibga soladi, shuningdek 

ishlab chiqarish bo’linmalari, funksional organlar va rejali bo’limlarining o’z aro ta’sirini tartibga 

soladi. Rejalashtirish faoliyatining  metodologiyasi, metodikasi va texnologiyasi birgalikda ichki 

rejalashtirishning  predmetini belgilaydi. 

       Rejalashtirish  uslubiyati  –  iqtisodiyotni  boshqarishning  turli  bo’g’inlarida,  jumladan, 

korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari majmuasidir. Avvalgi rejali iqtisodiyot 

sharoitlarida u avvalo reja idoralarining, ham sobiq ittifoq miqyosida ham alohida Respublikalar 

miqyosida amal qilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarining ishlab chiqish 

bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarga tayanar edi. Iqtisodiyotning muhim soha va tarmoqlarini joriy va 

istiqbolli rejalashtirish ushbu ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi.                

      Rejalashtirish  faoliyatining  uslubiyoti,  usuli  va  texnologiyasi  birgalikda  rejalashtirish 

predmetini belgilaydi. 

       Rejaviy faoliyatning umumiy natijasi bo’lib, reja loyihalari hisoblanadi. Ular turli nom bilan 

ataladi: - ijtimoiy- iqtisodiy rejalashtirishning kompleks rejasi, zakaz naryad, biznes reja, standart 

-  reja.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxonalarda  yakuniy  rejalashtirish  faoliyatining  aniq 

(konkret)  predmeti  sifatida  marketing,  loyihalashtirish,  sotib  olish,  ishlab  chiqarish,  mehnat, 

sotish,  moliya  kabi  asosiy  funktsiyalar  bo’yicha  ko’rsatkichlarni  mujassamlashtirgan  turli 

rejalardan foydalaniladi. 

 

Rejalashtirishning  yakuniy  natijasi  bo’lib    belgilangan  reja  ko’rsatkichlariga  erishish 



darajasini  belgilovchi  iqtisodiy  samara  hisoblanadi.  rejalashtirilayotgan  haqiqiy  samarani 

solishtirish  nafaqat  yakuniy  amaliy  natijalarining  ishonchliligini  baholash  uchun  asos,  balki 

qo’llaniladigan rejalashtirish usullarining ilmiy asoslanganligi, shuningdek ichki rejalashtirishning 

rivojlanish  darajasini  baholashga  ham  asos  bo’ladi.  Ichki  rejalashtirishda  qabul  qilinayotgan 

yechimlarning  asoslanganligi  va  kutilayotgan  natijalari,  prognozlashtirish  nazariy  qoidalar  va 

printsiplarga hamda amaliy ma’lumot va faktlarga tayanadi. 

 

Ulardan  kuzatilayotgan  iqtisodiy  holatlarni  ilmiy  talablar  nuqtai  nazaridan  tushuntirish 



uchun  foydalaniladi.  Masalan,  firmaning  iqtisodiy  faoliyatini  tahlil  etish  yakuniy  foydani 

oshirishga  intiladi  degan  oddiy  taxmindan  boshlanadi.  Rejalashtirish  nazariyasi  ushbu  tahlildan 

korxonaning  ishlab chiqarilgan  mahsulot turini tanlash,  zaruriy ishchi  kuchini  yig’ish,  material 

resurslarini  sotib  olish  bo’yicha  rejalarini  asoslashda  foydalaniladi.  Ichki  rejalashtirish  firmalar 

asosiy  iqtisodiy  resurslarning  amaldagi  narxlaridan  kelib  chiqqan  holda  o’z  ishlab  chiqarish 

rejalarini qanday asoslashlarini tushuntiradi. 

Rejalashtirish  va  bashorat  qilishning  maqsadli  funktsiyasi  bu–  zarur  hisob-kitoblar, 

bashorat  va  dalillar  asosida  korxona  faoliyatining  qisqa  va  uzoq  muddatli  strategiyasini 

belgilashdir. To’g’ri, bu xodimlar soni 5-10 kishidan 100 kishigacha bo’lgan mikrofirma va kichik 

korxonalarga qaraganda ko’proq yirik korxonalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq har bir 

holatda rejalashtirish belgilangan pirovard natijaga erishi uchun yo’naltirilgan resurslar (moddiy 

va moliyaviy) hamda odamlar mehnatini bosqichma-bosqich qamrab oladi. 

Rejalashtirish  odatda  detalli  hisob-kitoblar  va  ko’rsatmalarga  asosan  amalga  oshiriladi.  U 

bir  tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim qachon va nima qilishi kerak), 

ikkinchi  tomondan  rahbariyat  uchun  ko’rsatmalarni  (korxona  belgilangan  maqsadga  erishishi 

uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish lozim) belgilab beradi. 

Ishlab  chiqilgan  reja  birinchidan,  ishlab  chiqarish  imkoniyatlari  bilan  bog’langan  bo’lsa, 

ikkinchidan,  undagi  xato  va  kamchiliklar  minimal  bo’lsa,  uchinchidan  esa,  ishlab  chiqarish 

rejalashtirilgan  mahsulot  iste’mol  talabiga  ega  bo’lsa,  bu  holda  rejalashtirishni  samarali  deb 



Korxona rеjasi 

 

Bajarish muddati 



Rеjalashtirish prеdmеti 

Rеjani bajaruvchilar 

Rеsurslar 

Tayyor mahsulot 

hisoblash  mumkin  bo’ladi.  Korxona  rahbariyati  tasdiqlagan  reja  buyruq  maqomiga  ega  bo’lib, 

barcha bajaruvchilar uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi. 

Korxona  miqyosida  rejalashtirishning  maqsadli  funktsiyalari  va  tarkibini  quyidagi  sxema 

yordamida aks ettirish mumkin (1-rasm). 

 

 

 




 

 

1-rasm. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibi.  



 

Biznes  qanchalik  yirik,  ko’rsatilayotgan  xizmatlar,  bajarilayotgan  ish  va  ishlab 

chiqarilayotgan  mahsulot  hajmi  qanchalik  keng  bo’lsa,  korxona  hajmi  va  yo’nalishiga  mos 

ravishda  rejalashtirish  jarayonida  hal  qilinishi  lozim  bo’lgan  vazifalar  doirasi  shunchalik 

kengayadi.  Biroq  har  qanday  holatda  ham  rejalashtirish  quyidagi  savollarga  javob  bera  olishi 

lozim: 


▪ 

birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish; 

▪ 

ikkinchidan,  tanlangan  muqobillikni  aniqlangan  hisob-kitoblar  asosida  amalga 



oshirish lozim; 

▪  uchinchidan,  mahsulot  sifati,  uning  raqobatbardoshligi  qanday  va  u  iste’molchilik 

talabiga ega bo’ladimi; 

▪  to’rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari va 

boshqa sarf-xarajatlar qoplanadimi; 

▪  beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi va boshqa pul tushumlari 

ta’minlanadimi. 

Ushbu  savollarga  javob  topa  olmasa  rejalashtirish  oddiy  rasmiyatchilikka  aylanib, 

asoslanmagan  xarakterga  ega  bo’ladi,  ishlab  chiqarishning  kelgusi  rivojlanishi  izdan  chiqib, 

korxonaning  o’zi  moliyaviy  qiyinchiliklarga  duch  keladi  va  iqtisodiy  barqarorlikni  yo’qotadi. 

Shuning uchun ham rejalashtirish yoki rejani ishlab chiqishga kirishishdan oldin iqtisodiy tahlil 

o’tkazish muhim bo’lib, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 

▪  rejani bajarish, ishlab chiqarish dinamikasi va mahsulotni sotish darajasi

▪  ushbu ko’rsatkichlar o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlash; 

▪  mahsulot chiqarish va sotishni ko’paytirish uchun ichki ishlab chiqarish zaxiralarini 

aniqlash; 

▪  aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 

    Rejalashtirish va zaxiralar yoki foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash bilan odatda 

korxonaning iqtisodiy xizmatlari (reja bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi, mehnat bo’limi, ish haqi 

bo’limi va hokazo) shug’ullanadigan bo’lsa, ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanishga texnik, 

texnologik va boshqa bo’lim va xizmatlar jalb qilinishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda 

korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishi va uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash butun 

korxona jamoasining vazifasidir. 


Download 278.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling