Bozor iqtisodiyotida davlatning roli


Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda kayta taksimlash


Download 19.18 Kb.
bet4/6
Sana17.02.2023
Hajmi19.18 Kb.
#1205417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida davlatning roli-fayllar.org

4. Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda kayta taksimlash
Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat axolisi oladigan daromadlar va kiladigan xarajatlar o`rtasida nomutanosibliklar paydo bo`ladi. Bu kabi muammolarni xal kilishda davlat asosiy axamiyatga ega. YA`ni, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish vazifasini bajaradi..
Birinchidan, transfert to`lovlari orkali yordamga muxtoj, bokimanda, nogiron va ishsizlarni nafakalar bilan ta`minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orkali daromadlar taksimlanishini o`zgartiradi. Fermerlar maxsulotini kafolatlangan baxolarda sotib olish va minimal ish xaki to`grisidagi konunchilik davlat axolining ayrim guruxlari daromadlarini tenglashtirish maksadida baxoni tartibga solib turishiga misol bo`la oladi. Bundan tashkari axolidan olinadigan daromad soliklarining foizlar bo`yicha tabakalanishi xam kam ta`minlangan axolini ko`llab-kuvvatlash maksadida oli borilayotgan tadbirlaridan biridir.
Davlat daromadlarni axoli o`rtasida kuyidagicha kayta taksimlaydi.
Birinchidan, daromadlar axolining turlicha daromad oladigan katlamlari orasida kayta taksimlanadi. Ko`llaniladigan progressiv solik stavkasi bunga imkon beradi. Masalan, O`zbekistonda axoli daromadlari progressiv solik stavkasi bilan solikka tortiladi. 2005 yildr o`rnatilgan shkalaga ko`ra dastlabki o`rnatilgan 5 minimal ish xakiga teng bo`lgan daromaddan 13 %, bundan ortik bo`lgan keyingi 5 minimal ish xakiga teng bo`lgan daromaddan 21 %, daromadning 10 minimal ish xakidan ortgan kismidan esa 30 % stavka bilan solik undiriladi. O`rnatilgan shkala kam daromad oluvchilardan kamrok solik undirish, ko`p daromad oluvchilardan esa ko`prok solik undirish imkonini beradi. Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan turli ijtimoiy yordam to`lovlari esa aynan kam daromadga ega oilalarga ko`rsatiladi.
SHuningdek, davlat Pensiya jamgarmasi, Bandlik jamgarmasi, Kasaba uyushmasi jamgarmalariga ijtimoiy sugurta ajratmasi to`lovlarini ish beruvchilar (korxonalar)dan va ishlovchilardan undiradi. O`zbekistonda korxonalar 2005 yil xolatiga ko`ra sof tushumning 0,7 %i va ish xaki fondining 31 %i mikdorida, ishlovchilar esa ish xakining 2,5 % i mikdorida ijtimoiy sugurta to`lovlarini amalga oshiradi. Bu mablaglar pensiya ta`minoti, vaktincha ishga layokatsizlik bo`yicha kasallik varakasi, ishsizlik nafakasi, ishsizlarni mexnat birjalari orkali kasbga tayyorlash xarajatlarini koplash kabi tadbirlarni moliyalashtirishga sarflanadi. YA`ni sanab o`tilgan yo`nalishlar bo`yicha xam davlatning daromadlarni kayta taksimlash funktsiyasi namoyon bo`ladi.


Download 19.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling