Bozor iqtisodiyotiga oʻtish anʼanaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy


Download 120.3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi120.3 Kb.
#1555077
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish - Vikipediya



Bozor iqtisodiyotiga
oʻtish
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish — anʼanaviy va
rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy
munosabatlardan bozor
munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu
jarayon iqtisodiy zarurat, chunki anʼanaviy
yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror
iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini
taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy
ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan


Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning uch yoʻlini
koʻrsatish mumkin: 1) anʼanaviy natural
xoʻjaligi iqtisodiyotidan Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish ; 2) qoloq va
mustamlaka harakteridagi iqtisodiyotdan
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 3) rejali
buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish Shunga koʻra Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish ning ilk klassik
modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod
boʻlgan Osiyo va Afrika mamlakatlari
modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar
modeli mavjud. Klassik model eng koʻhna
model sifatida Yevropa mamlakatlariga
xos boʻlgan. Bu yerda Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish koʻp bosqichli boʻlib,
asrlar davom etgan tabiiytarixiy jarayon


shaklida kechgan. Dastlab anʼanaviy
natural xoʻjalik mayda tovar xoʻjaligiga, bu
esa oʻz navbatida asov bozor
iqtisodiyomura aylangan. Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish ga xos boʻlgan
qonuniyatlar Yevropa mamlakatlarida
dastlabki sinovdan oʻtgan. Osiyo va
Afrika mamlakatlari modelini amalga
oshirish toʻplangan tarixiy tajribaga
tayandi: anʼanaviy xoʻjalikni bozor
xoʻjaligiga aylantirish mustamlakachilik
zulmi sharoitida metropoliyalar taʼsirida
boshlandi va ular manfaatiga xizmat
qildi, bu jarayon sunʼiy ravishda
toʻxtatilmay, aksincha mamlakatlar
ozodlikka erishgan sharoitlarda ham
davom etdi, bozor munosabatlari oʻz


tabiatiga moye tushadigan iqtisodiy
zamindan — xususiy mulkchilikdan oʻsib
chikdi, chet elning moddiy va moliyaviy
yordamiga tayandi. Bozor iqtisodiyotiga
oʻtish jarayoni tarixiy sakrash shaklida,
yaʼni Yevropa uchun muqarrar boʻlgan
tarixiy bosqichlarni oʻtamay, ularni
chetlagan holda anʼanaviy iqtisodiyot
yoxud rivojlanmagan bozor xoʻjaligidan
uning rivojlangan shakliga oʻtish sari
bormoqda.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning eng
soʻnggi modeli sobiq sotsialistik
mamlakatlar modeli boʻlib, oʻtish bu
mamlakatlarda rejalibuyruqbozlik
iqtisodiyotini qayta qurish asosida


bormoqda. Sobiq sotsialistik
mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga
oʻtishning dastlabki shartsharoiti har xil,
shunga koʻra aholi orasida bozor
koʻnikmalari ham turlicha darajada
saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali
buyruqbozlik xoʻjaligidan bozor
iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiy etgan
shakliga utiladi. Oʻtish jarayoni tez
kechadi, chunki bu sotsializm davridan
qolgan moddiy bazaga, malakali ish
kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga
tayanadi. Sobiq sotsialistik
mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga
oʻtish u. ulardan baʼzilarining davlat
mustaqilligini taʼminlash bilan birgalikda
kechmoqda. Bu MDH mamlakatlariga


xos. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish u. keng va
teran bozor islohotlarini talab qiladi.
Oʻzbekistonning Bozor iqtisodiyotiga
oʻtish ham milliy mustaqillik va keng
koʻlamli bozor islohotlarining oʻtkazilishi
bilan amalga oshirilmoqda (qarang Bozor
islohotlari).
[1]
Karimov I., Oʻzbekiston — bozor
munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos
yoʻli, T., 1993; Karimov I., Oʻzbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yoʻlida, T., 1995; Karimov I., Oʻzbekiston
XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari, T., 1997;
Adabiyotlar


Ekonomika perexodnogo perioda, M.,
1995; Oʻlmasov A., Sharifxoʻjayev M.,
Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995;
Toʻxliyev N., Bozorga oʻtishning
mashaqqatli yoʻli, T., 1999.
1. 
Oʻlmasov, Ahmadjon. "Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish" 
OʻzME

B-harfi (http://
n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_en
siklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20En
siklopediyasi%20-%20B%20harfi.pdf)
Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar


Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 18-May 2023, 06:05 da
tahrir qilingan.

Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Bozor_iqtisodiyotiga_o%CA%BBtish&actio
n=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Bozor_iqtisodiyotiga_o
ʻtish
&oldid=3707049
" dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 120.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling