Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo'naltirilganligi va uning O'zbekistonga xos xususiyatlari


Download 30.85 Kb.
bet1/6
Sana14.09.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1677730
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo\'naltirilganligi va uning O\'zbekistonga xos xususiyatlari


Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo'naltirilganligi va uning O'zbekistonga xos xususiyatlari


Reja:



  1. Haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Prezident Shavkat Mirziyoyev murojaatnomasi.

  2. Bozor iqtisodiyotiing mazmuni va uning asosiy belgilari.

  3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyot



Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida mamlakat boshlagan islohotlarni qat’iy davom ettirishini ma’lum qildi.
«Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etish zarurligini ta’kidladi. Yoshlarning ilmga intilishini kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar bilan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bundan buyon ham islohotlar markazida bo‘lishini qayd etdi.
«Chunki bilimli avlod — buyuk kelajakning, tadbirkor xalq — farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa — taraqqiyotning kafolatidir!» — dedi davlat rahbari.
2. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
Ma‘lumki, tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash jarayonlarining rivojlanishi natijasida pulning kelib chiqishi tovar-pul munosabatlarining shakllanishiga va ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berdi, shuning bilan bir qatorda bozor- iqtisodiyotini vudujga kelishiga shart-sharoit yaratib berdi.
Bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishining umumiy sharoitlari, birinchidan, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi, ikkinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimoti hisoblanadi.
Bu ikkala shart ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini vujudga keltiradi. Tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste‘molning bozor orqali hal bo’lishini bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosida tovar-pul munosabatlari yotadi.
Bozor iqtisodiyotining ob‘ekti va sub‘ekti bo’ladi. Ob‘ekt - bu moddiy narsalardir. Sub‘ekti esa moddiy narsalarga egalik qiluvchi kishilardir, ya‘ni yollanma ishchilar, tadbirkorlar, ssuda kapitali egalari, qimmatli qog’ozlar egalari va barcha iste‘molchilar.
Bozor xo’jaliginig barcha asosiy sub‘ektlari uchta guruhga bo’linadi:
1. Uy xo’jaliklari;
2. Korxonalar (tadbirkorlik sektori);
3. Davlat.
Uy xo’jaliklari - iste‘molchilar bo’lib, ular ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni iste‘mol qiladilar. Ular mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beradilar, iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlarini shaxsiy ehtiyojlariga sarflaydilar.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’ini hisoblanadi.
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo’ygan, asosan iqtisodiyotni tartibga har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Bank – iqtisodiyotning me‘yoriy amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga solib turuvchi moliya-kredit muassasasidir.
Bozor iqtisodiyotini to’rtta iqtisodiy mexanizm tartibga solib turadi:
1. Narx;
2. Talab;
3. Taklif;
4. Raqobat.
Bozor xo’jaligi sub‘ektlari o’zaro aloqasining umumiy modelini (nusxasini) quyidagicha tasvirlash mumkin:



Bank




Davlat




Uy xo’jaligi



Korxona (firma)




Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling