Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


Download 0.88 Mb.
Sana26.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1233720
Bog'liq
IQTISODIYOT SEMINAR DARSIM

Iqtisodiyot nazaryasiga tayyorlagan presentatsiyasi (slayd show).

Abdurahimov rahmatullox

BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI.

REJA;

1)Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.

2)Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.

3)Bozorning turlari va tuzilishi.

Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo‘lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo'nalishlarini ko‘rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.


1

Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovarpul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.

Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o‘rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo‘lib, ularning 1/10 qismi har yili yangilanib turadi.

Uy xo‘jaliklari - iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi.

  • Tadbirkorlik sektori — bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi.
  • Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo'ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon boMadi.
  • Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur boMgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.

Bozor tushunchasi bu-- bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi boIib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qollaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.

Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.


2

Eng awalo, «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta'kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki ko'pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so'zlar sifatida qoMlash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi.

Bozor bu!!!

  • bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi.

Bozor iqtisodiyoti esa !

  • bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo boladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.

Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bogMiq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini toMaroq tushunmoq uchun uning turlarini va ichki tuzilishini bilish zarur.

Bozorning turlari va tuzilishi.

  • Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab boMganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi.
  • Bozor hududiy jihatdan-- ham turlicha boMishi mumkin. Bular Mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori)
  • Milliy bozorlar ( 0 ‘zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, America bozori)
  • Hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Ostyfr^ bozori, Farbiy Evropa bozori) va nihoyat jahon bozori.

3
  • Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
  • Muomalaga chiqadigan sub’yektlarning xususiyatiga ko‘ra--- ulgurji va chakana savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan, sotib oluvchilar - fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do'konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi.
  • Bozorning barcha sub'yektlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste'mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha toMiq va yorqin namoyon boMadi. Shu sababli bozorning ikki turi va uning sub’yektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlarining ko‘rgazmali tavsifini keltiramiz.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling