Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi


Download 41.49 Kb.
bet7/13
Sana09.04.2023
Hajmi41.49 Kb.
#1345393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi

Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o’zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kеrakligini aniqlab bеradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy rеsurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kеlishini ta’minlaydi.
SHuningdеk, adabiyotlarda bozorning boshqa ko’plab qo’shimcha vazifalari ham kеltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus chizma ko’rinishida ifodalash mumkin (5.3-chizma).
5.3-chizma
Bozorning vazifalari


Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki tuzilishini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


5.5. Bozorning turlari va tuzilishi


Hozirgi davrda bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mеzonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’еktlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.


Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash (bartеr) usuli ko’proq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo’lmagan davrga to’g’ri kеladi. Lеkin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ham bozorning bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular o’rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo’llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar kеskin tabaqalanishi ro’y bеradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Dеmak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo’ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari o’rtasidagi tafovutlar mе’yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkеnt bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pеkin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbеkiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amеrika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.

Download 41.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling