Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Market


Download 152.84 Kb.
bet16/27
Sana02.08.2023
Hajmi152.84 Kb.
#1664563
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kel-fayllar.org

Chiqish bosqichi. Qanday holat yuz bermasin baribir ma’lum vaqtdan so‘ngra tovarning sotilishi pasaya boradi. Tovar sotilishining pasayishi ba’zan tezlik bilan borsa, ba’zi hollarda sekinlik bilan bir-tekis boradi.
Tovar sotishning payib ketishi tovar ishlab chiqarish texnologiyasidan yutuqlar, iste’molchilar talabining o‘zgarishi hamda mahalliy va xorijiy raqiblar tomonidan raqobatning keskinlashuvining vujudga kelishi kabi sabablar bilan izohlanadi. Sotishning va foydaning kamayishi natijasida bir qancha firmalar va korxonalar bozordan chiqishga majbur bo‘ladilar. Qolganlar esa taklif etilayotgan tovarlar assortimentini qisqartirishga, samarasi yuqori bo‘lmagan savdo kanallari va bozorning kichik segmentlaridan voz kechishga, rag‘batlantirish uchun sarflanatgan mablag‘larni kamaytirishga va narxni tushurishga majbur bo‘ladilar.
Ba’zan tovar hayotiy davrining chiqish bosqichida ham tovarni tekshirish va uning hayotiy davrini davom ettirishga harakat qilib ko‘rish mumkin. Buning uchun firmaning marketing xizmati reklamani faollashtirishi, narxni o‘zgartirishi, tovarlarning o‘rab- joylanishini takomillashtirishi sotish tizimini qaytadan tashkil etishni, eng asosiysi esa yangi bozorlaga kirish va ularni o‘zlashtirish kabi ishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Agar bu chora tadbirlar ham ijobiy natija bermasa u holda tovar ishlab chiqarishni to‘xtatishga o‘tish to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Bunday holat yuz beridigan bo‘lsa iste’molchilar sotish kanallari muayyan tovarni ishlab chaqarishning to‘xtatilish vaqti, kafolat majburiyatlariga rioya etilishi, kafolatlar tugagandan keyin ta’mirlashni amalga oshirish tartiblari, ishlab chiqarishdan olingan tovarning qancha davomida yordamchi qismlar bilan ta’minlashi haqida oldindan ogohlantirilishi maqsadga va iste’molchilar firmaning yangi tovarlarini ijobiy qabul qilishlariga mustahkam zamin yaratadi.
Firmaning samarali faoliyat ko‘rsatishda marketing taktikasini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu marketing taktikasi tovarning har xil hayotiy davri bosqichlarida o‘ziga xos-xususiyatga ega bo‘ladi. Quyidagi 10-jadval ma’lumotlarida tovarning har xil hayotiy davri fazasida firmaning marketing taktikasi qanday bo‘lishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirildi.
Bu jadval ma’lumotlarini umumlashtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, firma yoki korxona tovarning har xil hayotiy davri bosqichida ma’lum maqsadni ko‘zlagan holda marketing taktikasining u yoki bu shaklidan foydalanadi.



Download 152.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling