Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Market


Download 152.84 Kb.
bet21/27
Sana02.08.2023
Hajmi152.84 Kb.
#1664563
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Bozor iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kel-fayllar.org

Superkonservatorlar – bu iste’molchilarning shunday guruhiki, ular har qanday o‘zgarishlarga shubha bilan qaraydilar, ular yangi tovarlarni faqatgina o‘zlarining an’analariga va odatlariga mos kelgandagina sotib oladilar.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yangi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda supernovator va novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini o‘rganishlari kerak.

6. Tovar belgisi, markasi va o‘rami.
Tovar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda yana bir muhim tadbirlardan biri tovar markasini yaratish hisoblanadi. Tovar markasi - bu bitta ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) yoki ular guruhlarining tovarlarini yoki xizmatlarini identifikasiyalash yoki ularni raqobatchilarning tovarlaro va xizmatlaridan farqlash uchun mo‘ljallangai ism, belgi, atama, -rasm, simvol, obraz, rang yoki ularning o‘zaro bog‘liqligi. Yaratilgan malakali tovar markasi korxonaning yuqori qiymatga ega bo‘lgan boyligi hisoblanadi. Yuqori saviyali tovar markalari tovarlar raqobatini, ularning bozordagi mavqyei, mahsulotni keng tarqalishiga, yuqori narxlarni shakllanishiga asos bo‘ladi. Tovar markasi ikki qismdan iborat bo‘ladi: tovar markasining nomi va tovar markasining belgisi.

Tovar markasining nomi – harf, so‘z yoki harf va so‘zlar yig‘indisidir, ya’ni og‘zaki aytish mumkin bo‘lgan markaning qismiga (Masalan: Marriott, Hilton) aytiladi.
Tovar markasining belgisibu simvol, rasm, obraz, rang yoki ularni o‘zaro bog‘liqligi, ya’ni chizish mumkin bo‘lgan markaning qismiga (Masalan: N harfi Hilton otelni, S harfi Sheraton kompaniyasini, sariq ark belgisi MkDonald’s restorani, yashil rang Holiday Inn mehmonxonasiga tegishli) aytiladi. Tovar markasining nomi va belgisi marketing nuqtai-nazaridan huquqiy himoyalangandan keyin tovar belgisi aylanadi.
Tovar belgisi markaning butunlay yoki ma’lum qismining o‘rnatilgan tartibga ko‘ra huquqiy himoyalanishidir.Tovar belgisi huquqiy himoya qilingandan keyin boshqa shaxslar tovar belgisi egasining ruxsatisiz foydalana olmaydi. Tovar belgisi halqaro va mahalliy darajada huquqiy himoyalanadi. Tovar belgilarini halqaro darajada himoyalashga Parij konvensiyasini sanoat birlashmasi bo‘yicha va Madrid halqaro belgilarni rasmiylashtirish qo‘mitasi misol bo‘la oladi. 100 yaqin davlatning tovar belgilarini ro‘yxatga olish bo‘yicha milliy qonunchiligi mavjud. Jumladan O‘zbekistonda ham tovar belgilarini ro‘yxatga olish bo‘yicha mualliflik va turdosh huquqlar bo‘yicha qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari mehmonxonalar, restoranlar, banklar, turfirmalar, sug‘urta korxonalari, transport kompaniyalari ham xizmat belgilaridan foydalanishadi.
Tovar markasini tanlash bilan bog‘liq quyidagi strategiyalar mavjud:

Download 152.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling