Ekstrapolyatsiya uslubi. Ekstrapolyatsiya uslublari bozor konyunkturasining turli ko‘rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda qo‘llaniladi. Ekstrapolyatsiya shakllar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni taqozo qiladi, ya’ni bu holda ekstrapolyatsiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan obyektning ilgarigi rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi.
Ekstrapolyatsiyaning bozor tadqiqotlarida qo‘llaniladigan asosiy modellaridan biri trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan o‘zgarishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.
Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar parametrlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor konyunkturasining turli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon qiladigan regression va balans tenglamalarini tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik modellash bozor konyunkturasini bashorat qilishda keng qo‘llaniladi. Ular ishlab chiqarish va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, iste’molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi va boshqa jarayonlar o‘zgarishini matematik modellar yordamida tahlil qilish hamda bashorat qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning o‘ziga xos xususiyati korrelyatsion va regression modellashdir.
THANK YOU
Do'stlaringiz bilan baham: |