Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar
Download 0.83 Mb.
|
Bozor muvozanati (2)
TOVARNING MAKSIMAL VA MINIMAL NARXI Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o‘rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o‘rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo‘lsa va narxni maksimal narxdan yuqori belgilash ta’qiqlansa. Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida davlat tomonidan o‘rnatiladi. Talab va taklif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi.Tovar tanqisligini davlat o‘z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo‘li bilan yechadi, ya’ni o‘z zahirasidagi Qd-Qs miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi. Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx Pmax dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo‘lmasa, taklif Qs miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu ED nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi PH da sotiladi; PH muvozanat narxdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin).
Mahsulotning narxi Pmin minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo‘lsa, Pmin>Pe (Re-muvozanat narx) va narx Pmin ni pasaytirish mumkin bo‘lmasa.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling