Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari


Download 242.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi242.76 Kb.
#1328165
1   2   3
Bog'liq
2-TOPSHIRIQ

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infrastruktura 
(transport, aloqa, ombor xo’jaligi, suv va energetika 
ta’minoti). Ular bozor iqtisodiyotidan oldin ham mavjud 
bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ularni 
tijoratchilik yo’liga o’tkazishga to’g’ri keladi, ya’ni ular 
yaxshi ishlab, pul topish va o’zini-o’zi moliyalashtirish 
yo’liga o’tkaziladi.
Aholiga xizmat qiluvchi va social infrastruktura 
(uy-joy, kommunal transport xizmati, maorif, madaniyat 
hamda sog’liqni saqlash muassasalari, aholini ishga 
joylashtirish firmalari va idoralari). Ularning aksariyati 
bozor iqtisodiyotidan ham oldin mavjud bo’ladi, lekin 
ularni isloh etib, bozor sharoitida pulli xizmat ko’rsatish, 
tijorat yo’liga o’tkazishga to’g’ri keladi. 


11 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning zarurati. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning 
O’zbekistonga xos usuli. Bozor iqtisodiyotiaga o’tish XX asrga xos bo’lgan,
umumjahon voqelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish kishilarning xoxish-irodasi emas, 
balki obyektiv zaruratdir. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni
ko’rsatadiki, faqat bozor munosabatlari zaminidagina ishlab chiqarishni 
barqarorlashtirish, ko’plab sifatli tovarlar yaratish, ularga bo’lgan talabni qondirish,
tejamli xo’jalik yuritish, to’kinchilik yaratib, xalqni faravon turmush sari yollash,
xalol va samarali mehnatni qadrlash, adolatni o’rnatish mumkin.
Ma’lumki hozirda rivojlangan mamlakatlar deganda yirik 7 ta mamlakatni
tushunamiz, bular AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya 
va Italiyadir. Bundan tashqari rivojlanib kelayotgan Janubiy Koreya, Singapur,
Tailand, Tayvand kabi Osiyo mamlakatlarini ham aytadigan bo’lsak, ularning
tajribalari yuqoridagi fikrimizni tasdialaydi. Masalan: Janubiy Koreyada bozor 
munosabatlari jadal rivojlantirilgani oqibatida 1965-1987-yillarda axoli, jon boshiga 
milliy daromad o’rtacha 6.4% ga ko’paygan, natijada qoloq, kambag’al mamlakat
bo’lmish Janubiy Koreya rivojlangan, boy, xalqi to’q mamlakatga aylandi.
Binobarin, davlat sotsiyalizm nomini olgan totalitar tuzumda qolib ketgan
davlatlar asta-sekin iqtisodiy tushkinlikka uchradilar. Masalan: Sobiq SSSR g’oyat
katta potensialga ega bo'la turib 1988 yilda ishlab chiqarish darajasi jlhatidan 69 
o’ringa, axoli jon boshiga milliy daromad jihatdan 78 o'ringa tushib qoldi. Binobarin, 
davlat sotsiyalizm nomini olgan totalitar tuzumda qolib ketgan davlatlar asta-sekin
iqtisodiy tushkinlikka uchradilar. Masalan: Sobiq SSSR g’oyat katta potensialga ega
bo'la turib 1988 yilda ishlab chiqarish darajasi jlhatidan 69 o’ringa, axoli jon boshiga 
milliy daromad jihatdan 78 o'ringa tushib qoldi. G'arb ekspertlari, iqtisodiy
rivojlanishning samaradorligini 10 ballik sistemada boxolaganlarida quyidagi iqtisodiy 
taraqqiyot darajasi aniqlandi: Singapur-10, Yaponiya 9.4, Tayvan, Gonkong va AQSH-
9,1, Kanada-9, Qozog'iston-2.7, Ukraine- 2.3, Rossiya 2.2, Mongoliya-2.1, 
Turkmasniston-1.7, Tojikiston-1,1. 


12 
Dunyo iqtisodiyotida tutgan o'rni, nufuzi va ishonchli bo'lishi (bunga 10 ta
iqtisodiy ko'rsatkich kiradi) jihatidan olganda, bozor tizimidagi mamlakatlar oldingi 
o'rinlarda tursalar, totalitar tizimda yashab kelgan mamlakatlar, xususan 1993-yil 
natijalarini ko'rsak, Yaponiya-1, AQSH- 2, Ukraina-145, Rossiya-149, Malayziya-33,
Qozog'iston-158, Mongoliya-151, Turkmaniston-158, Tojikiston-160, Kuba eng
oxirgi- 169 o'rinda turadi. Aytilgan raqamlarning hammasi bozor jqtisodiyotining 
samaradorligidan darak beradi.
Bozor munosabatlari iqtisodiyotining jadal borishini ta’minlavchi 3 ta kuchnin 
yuzaga keltiradi.
1. Iqtisodiy faoliyat erkinligi-bu uddaburonlik uchun keng imkoniyatlar beradi. 
2. Raqobatlar kurashi- bu kim o'zdi qoidalarlni yuzaga keltiradi va 
novatsiyaga (yangilikni joriy etishga) undaydi, texnika-texnologiyani, mehnat 
unumdorligini oshirishga, qattiq mehnat intizomiga olib keladi.
3. Daromadlarning cheklanmasligi-bu qo'shimcha daromad topishga intilishni 
paydo qiladi. Boylikka havas iqtisodiy faollikka olib keladi.
Tarixan, bozor iqtosodiyotiga o'tishga eng so'nggi navbatta sotsiolistlk 
mamlakatlar o'tmoqda. Xalqaro tajribada bozor iqtisodiyotiga o'tishning bir qancha 
modellari mavjud, ulardan ayniqsa, Amerika, Germaniya, Xitoy, Shvetsiya, 
Yaponiya, Turkiya, Janubiy Koreya modellari mashxur. Bu modellarning hammasi ham
o'z mamlakatlariga mos va xos ravishda xizmat qilgan va qilmoqda, hamda o'ziga
xos xususiyatlarga ega. Masalan, Amerika modelining o'ziga xos xususiyati uning 
tadbirkorlikni axoli orasida keng yoyishga, ommaviyligiga erishishga intilishdadir. U
jamiyat a'zolaridan xar birining ishbilarmonlik faoliyatini qo'llab qo'ltiqlash,
iqtisodiy faolligini, xususiy manfaatdorligini oshirish, boyishi uchun shart-sharoit
yaratishga qaratilgandir.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ayrim ziddiyatlar, pasayish, inflyatsiya 
singari noxo'shliklar ko'plab sug'urta, xayriya jamg'armalari, qolaversa, davlat yordamida 
xal etib boriladi. Bunda davlat qattiqqo'l, mehribon otadek barcha iqtisodiy qonunlarni 
to’la va to'gri bajarilishini kuzatib, nazorat ostida olib boradi. Yaponiya model ikkinchi


13 
jahon urushida vayronaga aylangan mamlakatda, o'z axolisi xisobiga
hokimiyatni har tomonlama va so'zsiz qo'llab-quvvatlashi, yapon vatanparvarlik tuyg'usi 
asosida yaratildi. Bu model eng avvalo ishlab chiqarishni chetga maxsulot
chiqarishga moslashtirish, valyuta ishlash, shu xisobiga eng yangi texnologiyalarni ishlab
chiqarishga joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, tadbirkorlikni qo'llab-
quwatlash, axolini tabaqalashtirishni tezlashtirish xisobiga vujudga kelgan. Biroq
maqsadga erishilgach, axolining extiyojmand qismiga davlat va ftrmalar yordami 
kuchaytirildi, umumiy farovonlikkar erishildi. Shvedcha model amerikacha va yaponcha 
modellardan farqli o'laroq iqtisodoyotni ko'proq ijtimoiy yo'nalishda tashkil qilinganligi, 
ish xaqi orasidagi farqning yiqori emasligi bilan ajralib turadi. Bu model milliy 
daromadni axolining extiyojmand qismiga ko'roq taqsimlash va tabaqalanish,
tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan. Shuning uchun Shvetsiya axolisi faravonlik
jihatidan jahonda yetakchi o'rinni egallaydi. Yuqorida keltirilgan modellarni 
umumlashtirib, bozor iqtisodiyotiga o'tishning uch turga yoki modelga bo'lishimiz 
mumkin:
1. G'arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo'li.
2. Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil taraqqiyot yo'liga kirib 
rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining yo'li.
3. Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi mamlakatlari, boshqacha aytganda,
sotsiolistik livojlanish yo'lidan borgan va xozirda bozor iqtisodiyoti yo'lini tanlagan 
mamlakatlar yo'li.
Sobiq sotsiolistik mamlakatlarda, jumladan O'zbekistonda davlatlashtirilgan,
o'ta markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan -
bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurligi quyidagi bosqichlarni taqozo etadi: 1. Bozor
iqtisodiyotiga o'tishning xuquqiy asoslarini yaratish, ya'ni uni ta'minlovchi yuridik 
qonunlar tizimini yaratish. 2. Bozor inftastrukturasini shakllantirish. Bunda bozor 
iqtisodiyotiga xos aloqalarni o'rnatishga ko'mak beruvchi, ya'ni bozorga xizmat 


14 
ko'rsatuvchi soxalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni yaratish. 3. Mulkchilik va 
xo'jalik yuritish usullarini privitatsiyalash. 4. Narx-navoni liberallashtirish, narxlarni 
erkin qo'yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini minimal darajaga keltirish. Bozor
iqtisodiyotiga o'tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy
jarayonlarni boshqarish va uyg'unlashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xilligi
bo'lishi bilan bir qatorda xar bir mamlakatning o'z yo'li mavjuddir, bunga uning
milliy kelib chiqishi, joylashgan yeri va boshqa omillar sabab bo'ladi. 

Download 242.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling