Bozor va uning tuzilishi
Download 8.23 Kb.
|
Muhammadqodir Dokument
BOZOR VA UNING TUZILISHI REJA: 1.BOZOR VA UNING TUZILISHI 2. BOZOR TALABINI O’RGANISH 3.XUSUSIY TALAB Bozor va uning tuzilishi. Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir .Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil me’zonlar asos qilib olinadi.Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi ,bozor sub’ektlari xususiyatlari ,bozor miqyosi ,iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik(erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi.Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter ko’proq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy “ul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda “ ul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchini yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotggan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor-tovar va hizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, “ul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori – bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi. Download 8.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling