Bozor va yakkahokimlik


Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir


Download 0.77 Mb.
bet2/9
Sana03.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1153062
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bozor va yakkahokimlik

Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir.

  • Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir.
  • Bozor ning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozor ning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar. Bozor ning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor , klassik (erkin) bozor , hozirgi zamon rivojlangan bozor larga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko’proq, tasodifiy xarakterga ega bo’lib, unda tovarga – tovar ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi. Bozor ning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor -tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalashadi.

Hozirgi zamon rivojlangan bozor infratuzilmasi— bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin.

  • Hozirgi zamon rivojlangan bozor infratuzilmasi— bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin.
  • Bular mahalliy bozorlar, milliy bozorlar, hududiy bozor lar va nihoyat jahon bozor infratuzilmasi.
  • Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozorlar quyidagi turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozor iqtisodiyoti, valyuta bozor infratuzilmasi va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozor iqtisodiyoti.
  • Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana savdo to’g’risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Tashkilot va muassasalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o’rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa fermerlar, shaxsiy, kooperativ va davlat xo’jaliklaridir.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling