Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati


Download 5.66 Mb.
bet3/3
Sana14.10.2023
Hajmi5.66 Mb.
#1701971
1   2   3
Bog'liq
Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati

Bugungi kunda dunyoning ko‘pgina davlatlarida asosiy turdagi iste’mol tovarlar narxlarining o‘sishi kuzatilmoqda. BMTning oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) 2022-yil mart oyidagi hisobotida dunyoda oziq-ovqat narxlari indeksi o‘rtacha 159,3 punktni tashkil etgani, bu esa oxirgi 30 yilning eng yuqori ko‘rsatgichi bo‘lganligi qayd etilgan. Shuningdek, ushbu ko‘rsatgich joriy yil fevral oyiga nisbatan 12,6 foizga, 2021-yil mart oyiga nisbatan esa 33,6 foizga oshganligi ma’lum qilingan.

Ushbu vaziyatda qator mamlakatlar zaruriy tovarlar eksportini cheklash bilan bir qatorda o‘sha turdagi tovarlarni importini rag‘batlantirish bilan ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ushlab turish choralarini ko‘rmoqda. Albatta, bu vaziyat bizning mammlakatimizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkinligi sababli narx-navoning keskin oshib ketmasligini oldini olish bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish zaruriyati tug‘ilmoqda.

Shu munosabat bilan, Respublika aholisining alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlari sun’iy va asossiz oshirilishining oldini olish, inflyatsiya darajasi keskin oshib ketishini oldini olish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Shunga asosan, “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra: – 22 ta turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht mahsulotlari, baliq, sut mahsulotlari, sitrus mevalar, o‘simlik yog‘i, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari) bojxona bojlaridan ozod etiladi; – oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash to‘xtatib turiladi; – davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha to‘xtatiladi; – respublikaga olib kiriladigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to‘xtatiladi. – 2022-yil 1-iyundan boshlab o‘simlik (paxta va kungaboqar) yog‘i, kungaboqar urug‘lari va boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari eksporti vaqtinchalik to‘xtatilmoqda. Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bozordagi narx-navoning asossiz oshirish, raqobatni buzish, bozorga kirishga to‘sqinlik qilish holatlari bo‘yicha vakolatlari kuchaytirilmoqda. 


Download 5.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling