Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati


Download 5.66 Mb.
bet2/3
Sana14.10.2023
Hajmi5.66 Mb.
#1701971
1   2   3
Bog'liq
Bozorni boshqarishda narxning ahamiyati

erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nisbatiga qarab erkin savdolashuv Narxi, yaʼni muvozanatli Narx yuzaga keladi; monopol Narx — monopol bozorda sotuvchi yoki xaridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan Narx oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan Narx boʻlib, odatdagi Narxlardan yuqori boʻladi va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji Narx — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga tovarlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji Narxlar qoʻllanadi; shartnoma Narxlari — sotuvchi va xaridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan Narx Bunday Narx, odatda shartnoma muddati amal qiladigan davrda oʻzgarmaydi.

 Koʻproq milliy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana Narx — tovarlar bevosita isteʼmolchilarga yakkalab sotilgan chog’da qoʻllanadi va miqdori ulgurji Narxdan yuqori boʻladi; Preyskurant Narx — xaridor uchun bildirgich yoki maʼlumotnoma Narx boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy Narx preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan Narx atrofida boʻlishini anglatadi; Dotatsiyalangan Narx — davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor Narxidan pastroq qilib belgilangan Narx, Narxdagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu Narxni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping Narx — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va raqiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan Narx, xalqaro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.

Bozor koʻlamiga koʻra, Narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor Narxlariga boʻlinadi. Hududiy Narx — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor Narxi — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi Narxlardir. Xalqaro Narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalkaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.


Download 5.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling