topshirishlari uchun bizlar shaxsiy va guruhiy uyga vazifa berish tizimini kiritdik.
o`zlashtiraolmagan o`quvchilarni o`zlashtiruvchilar qatoriga qo`shish, jismoniy
tayyorgarligi etarli rivojlanmagan va ba`zi bir jismoniy sifat ko`rsatkichlari past
bo`lganlar tayyorgarligini yaxshilash hamda harakat malakalarini takomillashtirish
kiritilgan mashq turlarini bajarish texnikasini, usuliyatini kitoblardan o`qib
konspektlash. Mustaqil jismoniy mashq majmualarini tuzishni bilish va bajarish
Shaxsiy uy vazifasiga jismoniy tayyorgarligi past bo`lgan o`quvchilarga
30
A. alohida-alohida mushaklar guruhiga beriladigan mashqlar.
B. Mashq texnikasini takomillashtirish.
V. O`rganilgan mashq malakalarini mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa o`quvchilarga tabaqalashtirgan (differentsirovan.) holda
berildi (individual yondoshish).
Amaliy mashqlardan turnikda tortilish, bir oyoqda o`tirib turish (pistolet), turgan
joyidan uzunlikka sakrash. ertalabki va ishlab chiqarish gimnastika mashqlar
majmuasi berildi.
Mana shu yuqoridagi tavsiya qilingan usuliy qo`llanmalar natijasini dekabr
oyining 20-25 kunlari takroriy qabul qildik va uning natijalari quyidagi jadvallarda
ko`rsatilgan.