Bpi-50 Dosnazarova Aysuliw
Download 13.76 Kb.
|
pensiya ishi
BPI-50 Dosnazarova Aysuliw 8. Pensiyalarning ikkiyoqlama xarakteri nimalarda namoyon bo‘ladi? Pensiyalarning ikkiyoqlama xarakteri shunda namoyon bo‘ladiki, birinchidan, pensiya kambag‘allikdan himoyalab, pensiya daromadining minimal darajasini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, ma’lum belgilangan sug‘urta holatlari yuzaga kelganda ish haqining o‘rnini bosadi, ya’ni yo‘qotilgan daromadni yoki uning ko‘p qismini kompensatsiyalaydi. ... xos tarzda og‘ir va murakkab yo‘llarni bosib o‘tganligini unutmasligimiz lozim. Pensiyalarning ikkiyoqlama xarakteri shunda namoyon bo‘ladiki, birinchidan, pensiya kambag‘allikdan himoyalab, pensiya daromadining minimal darajasini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, ma’lum belgilangan sug‘urta holatlari yuzaga kelganda ish haqining o‘rnini bosadi, ya’ni yo‘qotilgan daromadni yoki uning ko‘p qismini kompensatsiyalaydi. Aksariyat pensiya tizimlarining asosini, ularning institutsional tuzilishi yoki qo‘llaniladigan moliyaviy mexanizmlaridan qat’iy nazar, ijtimoiy pensiya sug‘urtasi tamoyillariga qurilgan pensiya dasturlari tashkil qiladi. O‘zining ijtimoiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra, pensiya sug‘urtasi mehnatkashlar tomonidan yakka va jamoaviy tarzda o‘z joriy daromadlarining bir qismini boshqarish va nazoratning sug‘urtaviy va davlat mexanizmlari (qonuniy, tashkiliy va moliyaviy) yordamida zaxiralashdan iborat. Kelgusidagi sug‘urtaviy pensiyaning miqdori qator omillarga bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlash lozim, bular: - sug‘urta stajining davomiyligi; - sug‘urtalanadigan ish haqining miqdori; - sug‘urta tarifining katta-kichikligi; - kelgusidagi to‘lovlar davrining davomiyligi. Shuning uchun pensiya sug‘urtasining moliyaviy mexanizmini ishlab chiqishda shunday hisob-kitoblar tizimi qo‘llaniladiki, ular sug‘urtalangan va pensiyaga chiqayotgan fuqaro guruhlari oldida yuzaga kelgan majburiyatlarni kelgusidagi to‘lovlar davri mobaynida muntazam ravishda bajarish (pensiyalarni to‘lab borish) uchun etarli bo‘lishini ta’minlashi kerak. Bu vazifani bajarish ancha qiyin ekanligini e’tirof etish lozim, chunki u oldindan aniqlash qiyin bo‘lgan qator omillarga bog‘liq: sug‘urta badallarini to‘lab borish (30-50 yil) va pensiya olish (20-30 yil) davrlarining davomiyligi, bu davrda mehnat haqi va inflyatsiya darajasida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi, pensionerlar va ishlovchilarning ham absolyut miqdori, ham birbiriga nisbatlari sezilarli o‘zgarishi mumkin. Download 13.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling