OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAXLILI.
Dastlab “spin coating” metodi yordamida tayyorlangan CsPbI3 perovskit faol qatlamining turli vaqt oraliqlaridagi yutilish va lyuminessensiya spektrlarini taxlil qilamiz. Quyida 1-rasmda CsPbI3 asosli PQE vaqt o’tishi bilan yutilish spektrining o’zgarishi keltirilgan.
1-rasm. CsPbI3 PQE vaqt o’tishi bilan yutilish spektrining o’zgarishi
CsPbI3 asosli perovskit faol qatlami shisha/ITO/PEDOT:PSS/СsPbI3 ketma-ketligida “spin-koating” usuli yordamida tayyorlanadi. Shundan so’ng 100 0C da 10 daqiqa davomida qizdiriladi. Namunani qizdirishdan sabab dastlab yangi tayyorlangan CsPbI3 perovskit faol qatlami sariq fazada ortorombik strukturada bo’ladi. Uni qizdirilganda strukturadagi atomlar tartiblanib zaryadlar harakatrlanishi uchun qulay muhit xosil qilinadi. Bu xolatda perovskit faol qatlami qora faza ya’ni kubik strukturaga ega bo’ladi. Shundan so’ng, perovskit faol qatlamining vaqt o’tishi bilan degredatsiya jarayonini taxlil qilish uchun 0,1,2,3 soat vaqt intervallarida yutilish koeffitsienti 400-800 nm to’lqin uzunligi diapazonida “Shimadzu UV-1280” spektrometri yordamida yutilish spektrlari o’lchandi. 1-rasmdan ko’rinib turibdiki, dastlab yangi tayyorlangan perovskit faol qatlamining yutilish koeffitsienti qiymati yuqori bo’lib, vaqt o’tishi bilan pasaya boshlagan. 3 soatdan keyin bu qiymat ancha past natijani ko’rsatmoqda. Shundan so’ng xuddi shu usulda CsPbI3 perovskit faol qatlami fluoressensiya spektrlari ham olindi (2-rasm).
2-rasm. Turli-xil vaqt oralig‘ida perovskit faol qatlamining fluoressensiya spektrining o’zgarishi
Grafikdan ko’rinib turibdiki, vaqt o’tishi bilan fluoressensiya intensivligining kamayib borayotganligini ko’rishimiz mumkin. 2 soatdan so’ng olingan fluoressensiya intensivligi dastlabki qiymatidan 3,5 martagacha pasayganligini 3 soatdan keyingi o’lchashda esa fluoressensiya umuman qayd etilmaganligini ko’rishimiz mumkin.
CsPbIBr2 perovskit faol qatlamining ham yutilish va fluoressensiya spektrlari olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |