Braun korpusi (aqsh)


Download 19.21 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi19.21 Kb.
#1444707
Bog'liq
braun korpusi


BRAUN KORPUSI (AQSH)
Braun korpusi − 1 million so‘z zaxirasiga ega ingliz tili korpusi. To‘liq nomi – Zamonaviy amerikancha ingliz tilining Braun universiteti standart korpusi (Brown University Standard Corpus of Present-Day American English), 1961-1964 yillarda tuzilgan. Korpus ingliz tilining amerika varianti yozma matnlaridan tashkil topgan; 1 million so‘z qo‘llash holati mavjud (bunday miqdor dastlabki korpuslarning barchasi uchun hajm mezoni bo‘lib qolgan edi). O‘sha davrda Noam Xomskiy konsepsiyasi hukmronlik qilganligi sababli Braun korpusi tuzuvchilari Nelson Frensis, Genri Kusera uchun korpus tuzish jarayoni ko‘p qiyinchilik tug‘dirgan. Korpus 2000 so‘zli 500 matndan iborat, qulay, puxta tuzilishga egaligi hamda matn tanlash tamoyilining har tomonlama to‘g‘riligi sababli keyinchalik korpus tadqiqotlari mezonlari yaratilishi uchun asos bo‘lgan. Korpuslardan tadqiqot uchun erkin foydalanish an’anasini ham shu korpus boshlab bergan. Mazkur korpus asosida 1969 yildayoq “Amerika meros lug‘ati”ga (American Heritage Dictionary) asos solingan. O‘sha davrda Noam Xomskiy konsepsiyasi hukmronlik qilganligi sababli Braun korpusi tuzuvchilari Nelson Frensis, Genri Kusera uchun korpus tuzish jarayoni ko‘p qiyinchilik tug‘dirgan. Korpus 2000 so‘zli 500 matndan iborat, qulay, puxta tuzilishga egaligi hamda matn tanlash tamoyilining har tomonlama to‘g‘riligi sababli keyinchalik korpus tadqiqotlari mezonlari yaratilishi uchun asos bo‘ldi. Olimlar past chastotali birliklarni (ular esa tilda juda katta foizni tashkil etadi) tadqiq qilishda 1 million so‘zning yetarli emasligi haqida xulosa qilishdi. Bu xulosa juda o‘rinli edi. Shunday mukammal korpus mavjudligi sababli Braun, LOB korpuslariga asoslangan juda ko‘p sifatli, qiziqarli tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Грудева В.А. Корпусная лингвистика. Учебное пособие. 2-е изд., стереотип. – М.: Флинта, 2012. – 165 с. Курс “Корпусная лингвистика” (А.Б. Кутузов) Лицензия Creative commons Attribution Share-Alike 3.0 Unported (Электрон ресурс) // lab314.brsu.by/kmplite/kmp-video/CL/CorporeLingva.pdf Хамроева Ш. Ўзбек тили муаллифлик корпусини тузишнинг лингвистик асослари. Монография. – Германия: GlobeEdit, 2020. ‒ 250 б. Ҳамроева Ш.М. Корпус лингвистикаси атамаларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Камалак, 2018. – 96 б. Эшмўминов А.А. Ўзбек тили миллий корпусининг синоним сўзлар базаси: Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) диссер. – Қарши, 2019. http://ruscorpora.ru . http://ruscorpora.ru/search-murco.html


Bog’lovchi so’zlar: Amerika meros lug‘ati


Download 19.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling