Brend” tushunchasi ta'riflari
Brendni yaratish bosqichlari
Download 66 Kb.
|
Brend
Brendni yaratish bosqichlari
Brend imidji – bu xaridorlarning aynan shu paytda ongida mavjud bơlgani bơlsa, brendning individualligi sa uzoq muddatlar bilan boğlanuvchi tushunchadir. Taniqlilik darajasi bơyicha brendlar turlari. Brend har qanday hodisa kabi iste'molchilar ongiga ta'sir kơrsatish va ular xohishlarini shakllantirish imkoniyatiga ega. Kuchli brend – bu shunday brendki (strong brand), uni mazkur tovar kategoriyasi iste'molchilarining 60% yaxshi biladi boshqa markalardan ajratib oladi. Rivojlanayotgan brendni 30% dan 60% gacha iste'molchilar tanishadi va ajratishadi. Zaif brend – bu raqobatchilar orasidan 30% iste'molchilar tanib oladigan brenddir. Brending ob'ektlariga kơra brendlar turlari. Brending nazariyasining yirik mutaxassislaridan biri Linn Anshouning fikricha, brend tushunchasi an'anaviy tarzda tushunilayotgan tushunchadan ancha kengdir. U brendning bozorda ơz ơrniga ega bơlgan bir nechta tiplari mavjudligini ta'kidlab, quyidagi tasnifni taklif qiladi: 1.Tovarlar brendlari (Produkt brands) – bu bozorda paydo bơlgan brendlarning eng birinchisidir. Ular brendingning asosi, yadrosi hisoblanadi, chunki ular brendning boshqa tiplariga nisbatan miqdoriy ustunlikka ega va iste'molchilar tomonidan birinchi navbatda eslanadilar. 2.Servis (xizmat) brendlari (Service brands) - bozorda bu brendlar tovarlar brendlariga nisbatan kam, chunki kơzga kơrinib, sezish organlariga ta'sir etishi qiyin bơlgan xizmatlarni chiroyli holda taqdim qilish ancha murakkabdir. 3. Tashkilotlar brendlari (Organizational Brands) – bu korporatsiyalar, notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, ta'lim muassasalarining brendlaridir. 4. Voqea-hodisalar brendlari ( Event brands) – bu doimiy ravishda sport, shou biznes va san'at olamida yuz beradigan voqea-hodisalar brendlaridir. Bu kabi tadbirlar tashkilotchilari ơz maqsadlariga kơpincha brendingning an'anaviy instrumentlaridan foydalanish orqali erishadilar. Ishlab chiqaruvchilar ơz mahsulotlarini nufuzli sport turnirini namoyish qilish vaqtidagi tanafuslarda reklama qilishga intilishadi va bu brendning bahosi hisoblanadi. 5. Shaxslar brendlari (Personal Brands) – sportchilar, xonandalar, siyosatchilar, biznesmenlar har doim ham insoniyat jamiyatida mavjud bơlishgan, ammo ular aynan bugungi kunda boshqa brendlarga ơxshab qolishdi. Ularning brend sifatidagi xususiyati shundaki, ularning mashhurligi ơz faoliya tidan tashqari juda keng sohalarga tarqaladi, sportchilar va siyosatchilar reklamada, xonandalar – kinoda suratga tushadilar, akterlar va biznesmenlar sport musobaqalari ơtkazadilar va b. 6. Geografik brendlar (Geographical brands) - bular shaharlar, mamlakatlar, kurortlardir. Brendning bu turi turistik biznesda juda ommalashmoqda. Masalan, Sent-Mortsdagi toğ-chanği kurorti, Frantsiyadagi Riv era va Seyshel orollari shunday brendlarga misol bơla oladi. Ishlab chiqarishni rejalashtirishdan avval marketing tadqiqotlarini ơtkazish va mahsulotni baholash lozim, ya'ni mahsulot : - butunlay yangi; - ishlab chiqaruvchi uchun yangi (raqobatchilarning harakatiga javob sifatida); - yangi avlod vakili, yaxshilangan konfiguratsiyaga ega; - an'anaviy (line extension), assortimentni kengaytiradigan, raqobatchilardan nishani olib qơyadigan bơlishini belgilab olish kerak bơladi. Sơngra marketing nishasi ishlab chiqiladi. Ushbu guruhdagi raqobatchi-markalar va ularning qanchalik darajada ơrnashganliklari aniqlanadi. Kim ushbu mahsulotdan foydalanadi, kim uni sotib oladi, kim konsultatsiya beradi yoki ekspertizani ơtkazadi, bularning barchasi oxirigacha aniqlanadi. Bơlğuvsi brendning narx/ sifat sistemasidagi pozitsiyasi shakllantiriladi, ya'ni ushbu brendni qaysi xaridorga sotish va undan qanday foyda olish mumkinligi hisoblanadi. von ramzining falsafiy zamini ravon rivojlanishni ko‘zda tutadi. Bu o‘ylab chiqarilgan ideallarga intilish emas, brendning ko‘p yillik tarixi davomida orttirilgan xaridorlarning ishonchi va hurmatini oqlash istagidir. Ravon va uning hamkorlarining eng a’lo an’analariga tayanib, ularni zamonaviy yo‘nalishlarga muvofiq rivojlantirib, biz jamiyatda haqiqiy avtomobillar haqida ongli va to‘g‘ri tasavvurni shakllantiramiz. Ravon Ravon barcha «ha» va «yo‘q» dalillarga baho berib, muhim qaror qabul qiladigan pragmatik, oqilonalik tarafdorlari uchun mo‘ljallangan. Ravon ning bozordagi muvaffaqiyati yangi model qatorining ishonchliligi, sifati va qulayligi bilan uyg‘unlashgan holda yuksak xizmat ko‘rsatish standartlari hisobiga shakllanadi. Ravon brendi - avtomobillarni yaxshi ko‘radigan, qadrlaydigan va ularni tushunaigan kishilar uchun a’lo mahsulotdir. Ravon brendining tarixi: 1992 – 2012: Uz-Daewoo Auto Co Tuzilishi va rivojlanishi. 1992 yilda Daewoo (Janubiy Koreya) va "O‘zavtosanoat" (O‘zbekiston) kompaniyalari tomonidan za O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarilishi uchun Uz-Daewoo Auto Co. qo‘shma korxonasining tuzilishi haqida bitim tuzilgan. 1996 yilda yangi zavodning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Daewoo ning ommaviy modellari - "NEXIA", "DAMAS", "TICO” larni ishlab chiqarish boshlandi. 2001 yilda Matiz ni ishlab chiqarish boshlandi. 2002 yilda General Motors kompaniyasi Daewoo Motor aksiyalarining nazorat beruvchi paketini sotib oldi va uning asosida GM Daewoo Automotive and Technology (GM DAT) kompaniyasini tuzdi. 2005 yilda «UzDeuAvto» Koreya kompaniyasining qo‘shma korxonadagi ulushini sotib oldi. Keyinroq hamkorning modellari — Nexia, Matiz, Damas uchun litsenziyalar ham sotib olingan. 2008 yilda Nexia-2 yangilangan modelning chiqarilishi boshlandi. Shu yili “O‘zDeuAvto” va General Motors kompaniyalarining yangi qo‘shma korxonasi - "GM Uzbekistan" tuzilgan. O‘zbekistondagi zavodda Uz-Daewoo va Chevrolet brendlari ostida zamonaviy modellarni sanoat va yirik tarmoqli yig‘ib ishlab chiqarish boshlandi. 2013 – 2015: GENTRA chiqarilishi va RAVON brendining chiqarilishi 2013 yil - brend tarixidagi yangi bosqichdir. C-sinfidagi yangi model – Gentra chiqarildi. Bu barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan, o‘ziga xos uslubli, ergonomikasi puxta o‘ylangan, lekin avvalgidek sifatli va narxi hamyonbop bo‘lgan zamonaviy avtomobil edi. 2015 yil 8 oktabr – yangi Ravon brendining taqdimoti va modellar to‘plami yangilanishining e’lon qilinishi. Ravon brendining chiqarilishi – rivojlanishning qonuniy bosqichi, brend muvaffaqiyatli rivojlanayotganligining tasdig‘idir. U yangi, zamonaviy, yuqori texnologik – lekin faqat haqiqatan xaridorlarga zarur bo‘lgan avtomobillarni maqbul narxlarni saqlab qolgan holda taklif qilish hisobiga rivojlanadi. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling